Ijtimoiy hodisa


Download 451.19 Kb.
bet16/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

a) unlilar imlosi. (1-7-bandlar)

  • O o harfi. Kollej, omonim, monitoring kabi so‘zlarda a singari talaffuz etilsa ham, o yoziladi. Boks, tonna, noyabr kabi so‘zlarda o‘ singari talaffuz qilinsa ham, asliga muvofiq o yoziladi.

  • O‘ o‘ harfi. O‘t, o‘q, o‘zbek, do‘ppi kabi so‘zlarda old qator o‘rta keng lablangan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi. O‘rdak so‘zida esa til orqa tovushni ifodalaydi.



Yonma-yon keladigan unlilar imlosi
Unlilar orasida ba’zan “y” undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi:
ia: material, milliard, radiator, tabiat, shariat.
io: biologiya, million, stadion, radio.
ai: Said, mozaika, ukrain, maishat.
oi: doim, shoir, oila, alkaloid.
ea: teatr, okean, laureat.
oe: poema.
ae: aeroport, aerodinamika.

Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar, odatda, aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, saodat, burjua, shuaro (shoirlar), inshoot, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va h.k.




b) undoshlar imlosi. (8-32-bandlar)

  • B b harfi. Kitob, yuzlab, sarob, dastlab kabi so‘zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi.

Qibla, tobla kabi so‘zlarda v aytilsa ham, b yoziladi.

  • V v harfi. Avtobus, avtomat, shavqat kabi o‘zlashma so‘zlarda f aytilsa ham, v yoziladi.

  • F f harfi. Fasl, fursat, foiz kabi so‘zlarda p aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi.

  • D d harfi. Obod, savod, zavod, sud, badqovoq, odamzod, tadbiq kabi so‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi.

  • Z z harfi. Iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda s aytilsa ham, z yoziladi.


  • Download 451.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling