MORFOLOGIK YOZUV.
Bu o‘zak va qo‘shimchalarning aynan yozilishi demakdir. Bu yozuvga asosan so‘z qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar uni o‘z holicha yozish talab etiladi.
Eshitilishi yoki talaffuzidan qat’iy nazar bir xil yoziladigan so‘zlar ro‘yxati
TALAFFUZI (ESHITILISHI) YOZILISHI
ketti, aytti, o‘qipti ketdi, aytdi, o‘qibdi
Toshkentta, ishta Toshkentda, ishda
maktabtan, parktan maktabdan, parkdan
boshka, ishka, toqqa boshqa, ishga, tog‘ga
Eslatma: dalada, eldan, terakka, qishloqqa, tindi, yondi so‘zlari fonetik yozuvdadir.
Guluston, uchunchi Guliston, uchinchi
kulub, kuyunmoq kulib, kuyinmoq
burulmoq, kulush burilmoq, kulish
urushdi, kulumsiradi urishdi, kulimsiradi
kuyundi (ot) kuyindi (fe’l)
har vaxt, qp-qzl, ertalabki har vaqt, qip-qizil, ertalabgi
dastlabki dastlabgi
Eslatma: Lekin urush (ot), yuvundi (ot), kuyundi (ot), quyulmoq (yaxshi tomonga o‘zgarmoq), qutulmoq, tushunmoq so‘zlarining har ikki bo‘g‘inida u aytiladi va shunday yoziladi. Bular ham fonetik yozuvga kiradi.
SHAKLIY YOZUV.
Rus va boshqa tillardan kirgan so‘zlarni o‘sha tillarda qanday yozilgan bo‘lsa, shunday yozish shakliy yozuvdir. Bular: gidrometr, gramm, klub, prokuror, trolleybus, traktor, fikr, zikr, kilovatt-soat, monolog, filologiya, geologiya, zoologiya, monografiya, sentner, institut kabilar.
Bunday so‘zlarning ko‘pchiligida ikki undoshning bir joyda kelishi ham kuzatiladi. Bu esa o‘zbek tiliga xos xususiyat emas.
TARIXIY-AN’ANAVIY YOZUV.
So‘zning hozirgi talaffuz me’yoriga mos kelmaydigan, qadimdan o‘zlashib qolgan shaklda yozilishi tarixiy-an’anaviy yozuv deyiladi. Bunda so‘z hozirgi holatiga ko‘ra emas, an’ana tusiga kirib qolgan shakliga ko‘ra yoziladi: Chor Rossiyasi (Цар России), pudratchi (подрятьчик)
Do'stlaringiz bilan baham: |