Ijtimoiy hodisa


Hamma, hech, har, qay, u, bu, shu, o‘sha


Download 451.19 Kb.
bet20/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

Hamma, hech, har, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, hech qaysi, har kim, qay kuni, u yerda, bu tomonga, shu yoqdan, o‘sha yoqqa kabi. Ammo tarkibida bir so‘zi ishtirok etgan birpas, biror, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, va buyon so‘zlari qo‘shib yoziladi.



  1. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘zlar ajratib yoziladi: to‘q qizil, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la, lang ochiq, och sariq kabi.



  1. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi va so‘zning birinchi qismida chiqish kelishigi (-dan) qo‘llangan ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabi so‘zlar ham ajratib yoziladi (chiziqcha qo‘yilmaydi).



  1. Birinchi qismida chiqish kelishigi (-dan), ikkinchi qismida jo‘nalish kelishigi (-ga) bo‘lgan birikmalar ajratib yoziladi (chiziqcha qo‘yilmaydi): yildan yilga, tomdan tomga kabi.



  1. Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: o‘n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz oltmish to‘rt, bir ming yeti yuz sakson beshinchi kabi.



  1. Izofali birikmalar ajratib yoziladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofali yozilmaydigan so‘zlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so‘zlar qo‘shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.

VI bo‘lim. BOSH HARFLAR IMLOSI. (66-74-bandlar)



  1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar O‘rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Navoiy, Bobur; Yelpig‘ichxon (taxallusi ism o‘rnida), Salomjon Alikov kabi.




  1. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo‘l (shaharlar), Naymanchi, Hadra (qishloqlar), Bodomzor, Chig‘atoy (mahallalar), Qoratog‘, Pomir, Oqtepa, Uchtepa, Zarafshon, Sirdaryo, Turkiya, Hindiston kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Osiyo kabi.



  1. Agar bir qatordagi so‘zlarning barchasi bosh harfda berilsa, birikmali tarzda qo‘llanuvchi harflar (Ch, Sh, Ng)ning ikkinchi harfi kichik harfda yozilmaydi: AQSh emas AQSH, ShHT emas SHHT, AYOQSh emas AYOQSH. Lekin birikmali harflar so‘zning boshida yoki oxirida kelib, keyingi qismlardagi harflar kichik harf bilan yozilsa, asliga muvofiq ularning ikkinchi harfi ham kichik harfda yozilaveradi: Shuhrat, Chinoz tumani, AYOQShga mashinalar kirib kela boshladi kabi.




  1. Download 451.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling