Ijodkor o‘qituvchi jurnali 5 aprel / 2023 yil / 28 son
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergashova D.Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI 5 APREL / 2023 YIL / 28 – SON 79 INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA QO’SHMA SO’ZLAR YASALISHINING O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI https://doi.org/10.5281/zenodo.7795762 Ergashova D.Sh O’zMU, Xorijiy filologiya fakulteti, Magistranti, (93)5015454 Annotation: This article reflects the similarities and differences in the formation of compound words in English and Uzbek languages. Key words: compound words, structural-semantic unit, lexical unit, synthetic, syntactic, asyntactic compound words Аннотация: В данной статье отражены сходства и различия в образовании сложных слов в английском и узбекском языках Ключевые слова: сложные слова , структурно - семантическая единица , лексическая единица , синтетические , синтаксические , асинтаксические сложные слова Annotatsiya: Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarida qo’shma so’zlar yasalishining o’xshash va farqli tomonlarini aks ettiradi . Kalit so’zlar: qo’shma so’zlar, struktur-semantik birlik, leksik birlik, sintetik, sintaktik, asintaktik qo’shma so’zlar Qo’shma so’zlar— ikki yoki undan ortiq o ʻzak morfemaning qoʻshilishidan hosil boʻlgan va yagona struktur-semantik birlikni tashkil etgan so ʻzlar. Masalan, koʻzoynak, bilaguzuk, uchburchak, atirgul, bo ʻtakoʻz, nomoz-shomgul, mehmondoʻst, balandparvoz, erksevar, jigarrang kabi. Qo ʻshma soʻzlar yasalishi uchun asos boʻlgan soʻzlar oʻzlarining dastlabki ma ʼnolarini qisman yoki butunlay yoʻqotadi: ular birgalikda tamoman yangi lugʻaviy maʼno bildiradi. Chunonchi, osh va qozon so ʻzlari alohida leksemalar sifatida oʻz lugʻaviy ma ʼnolariga ega. Lekin ularning qoʻshilishidan hosil boʻlgan oshqozon soʻzi mazkur so ʻzlarning dastlabki maʼnolaridan farqlanuvchi yangi maʼnoni — «inson va hayvonlarning ovqat hazm qilish a ʼzosi» maʼnosini bildiradi. Qoʻziqorin, itogʻiz, oqsoch, oqsuyak, kampirchopon singari Qo ʻshma soʻzlar haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Qo ʻshma soʻzlar qismlari orasidagi maʼno munosabati har xil. Ular oʻxshatish, qiyoslash (karnaygul, otquloq, tuyaqush, sheryurak, qo ʻykoʻz), xoslik, biror narsaga moʻljallanganlik (gultuvak, molqo ʻra, olovkurak, tokqaychi, qiymataxta), biror oʻrin-joyga mansublik (suvilon, tog ʻolcha, choʻlyalpiz, qoʻqonarava), biror belgiga nisbat berish (achchiqtosh, olaqargʻa, sho ʻrdanak, qizilishton, Qiziltepa), miqdorga munosabat (beshbarmoq, mingoyoq, qirqog ʻayni, Beshariq) va b. maʼnolarni anglatadi. Qoʻshma soʻzlar strukturasi mavjud sintaktik aloqalarni eslatadi, boshqacha aytganda, Qo ʻshma soʻzlar ega-kesim munosabatida, boshqa-ruv, moslashuv. bitishuv aloqalarida bo ʻlgan soʻz birikmalari asosida yuzaga kelgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling