Guruh: SBHA 93 Bajardi: Ashirmatov Murat REJA 2. Biznes tashkiloti turlarining kuchli va nozik tomonlari Korxonalarning shakllari - Biznes alohida shakl bo‘lib u boshliqlaridan ayri holatda bo‘ladi. Biznes tashkiloti bir nechta turlarga bo‘linadi. Biznes tashkilotining har bir turi aniqlangan bo‘lishi shart, chunki moliyaviy hisobotlar farqlanadi.
- Biznes tashkilotlarining uchta turi mavjud.
- - Yakka tadbirkor,
- - Qo‘shma korxona
- - Korxona. Korxona xususiy yoki mas`uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida bo‘ladi.
Yakka tadbirkor - Yakka tadbirkor biznesi yagona jismoniy shaxs tomonidan yuritiladi. Buning birlashish jarayoni oddiy, faqat Malayziya Biznes Kompaniyalari Registratsiyasidan ro‘yhatdan o‘tishi zarur hisoblanadi. Biznesning bu turi oson tugatiladigan, bitta jismoniy shaxs tomonidan boshqariladiganligi bois va hukumat ko‘p qonun-qoidalari halaqit qilmaydi. Kapital kichik miqdordava moliyaviy manbalar cheklanganbo‘lishi kerak. Biznes foyda keltira boshlaganda, boshliq foydani boshqalar bilan bo‘lishmaydi. Daromad solig‘i maqsadlarida, u faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘laydi, firmadan foyda solig‘i to‘lamaydi.
Hamkorlik - Hamkorlik ikki yoki undan ko‘p jismoniy shaxslar biznesni birgalikda boshlashga rozi bo‘lishsa va daromad yoki xarajatni bo‘lishlikka rozi bo‘lganlaridagina tuziladi. Ko‘p kapital ikkala tomondan birgalikda yig‘iladi. Ba’zida qo‘shma korxona naqd pul va aktivlar olib kelsa, biznes rivojlanadi, masalan, ikki advokat birga huquqiy korxona ochsa yoki uchta buxgalter birgalashib auditorlik firmasini qo‘shma korxona tarzida ochsa bo‘ladi. Hamkorlikda asosiy kelishuv 1961-yilda tuzilgan hamkorlik aktiga asosan tuziladi. Hamkorlar aktga amal qilmasliklari ham mumkin va ular o‘z huquqlariga, kapitaliga va foyda/zarariga mos keluvchi boshqa shartnoma yoki kelishuv tuzishlari mumkin. Hamkorlikning moliyaviy holati haqidagi ma’lumot va tuzilishi ham yakka tadbirkornikiga o‘xshash bo‘ladi. Ma’lumotlar bilan qiziquvchi tashkilotlar Ichki hudud daromad kengashi( soliq maqsadlar uchun), banklar (kapital ta’minotchilari sifatida) va boshqa hamkor bo‘lishni xohlovchi tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |