A. J. Jabborov kabi ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, shartli qisqartmalar (v.b., sh.k., h.k.) bir-biridan ajratib ko‘chirilmaydi.
12-DARS. O‘ZBEK IMLOSINING ASOSIY QOIDALARI
Bular quyidagilar:
Fonetik yozuv;
Morfologik yozuv;
Shakliy yozuv;
Tarixiy-an’anaviy yozuv;
Farqlash (differensiallash) yozuvi.
FONETIK YOZUV.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi (-ga) k va q harfi bilan tugagan so‘zlarga –ka, -qa tarzida qo‘shiladi va shunday yoziladi: uyga, ko‘kka, buloqqa.
Egalik qo‘shimchasi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar quyidagi ayrim so‘zlarga qo‘shilganda tovush tushish hodisasi yuz beradi va bu so‘zlar fonetik yozuvda yoziladi: og‘iz-og‘zi, ko‘ngil-ko‘ngli, bag‘ir-bag‘ri, burun-burni, qorin-qorni, shahar-shahri, singil-singli, o‘g‘il-o‘g‘li, sariq-sarg‘ay kabi.
–a, -la kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham fonetik yozuvni hosil qila oladi: yosh-yasha, ot-ata, son-sana, ong-angla kabi.
Ikkov, yettov, oltovlon kabi so‘zlar ham fonetik yozuvdadir. Chunki, bu so‘zlarda tovush tushish hodisasi yuz bergan.
a yoki i tovushi bilan tugagan so‘zlarga –v yoki –q qo‘shimchalari qo‘shilsa, so‘ra-so‘roq, o‘qi-o‘quv, sovi-sovuq, tanla-tanlov tarzida o‘qiladi va shunday yoziladi.
Fe’l nisbatlari qo‘shilgan so‘zlar qanday eshitilsa, shunday yoziladi. Bular fonetik yozuvdadir: kuldir, o‘tkaz, eshittir kabi.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari (KFSQ)ning ayrimlari ajratib ham, talaffuziga ko‘ra qo‘shib ham yozilaveradi: ishlay ber (ishlayver), kela oldi (keloldi).
Sentabr, oktabr, budjet, rejissor kabi so‘zlar ham fonetik yozuvdadir.
Xullas, so‘zni qanday talaffuz qilsak, shunday yozish fonetik yozuv hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |