Hozirgi imloda tarixiy-an’anaviy yozuv asosida yoziluvchi ba’zi shakllar:
Buyruq-istak mayli (-gin) eski adabiyotimizda qo‘llanib kelgan an’anaga ko‘ra, she’riyat va nasr tilida ba’zan –gil, -g‘il tarzida ishlatiladi: bilgil, ko‘rg‘il.
Maqsad ravishdoshi qo‘shimchasi (-gani) shaklining –gali, -g‘ali, -kali, -qali shakllari qo‘llanadi: o‘ynagali, borg‘ali, ichkali, tutqali.
Hozirgi kelasi zamon sifatdoshi (-ar) oldinlari –ur shaklida qo‘llangan:
Yulduzlar o‘tig‘a berurman bardosh,
Fazolar taftig‘a qilurman toqat.
–mi so‘roq yuklamasi –mu tarzida:
Sevgini tortib bo‘lurmu tosh-u tarozi bilan? (E.Vohidov)
FARQLASH (DIFFERENSIALLASH) YOZUVI.
Talaffuzida bir-biridan aniq farqlanmaydigan yoki o‘zaro farqi deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so‘z yoki qo‘shimcha yozuvda maxsus qoida bilan ajratib yozilishi farqlash (differensiallash) yozuvi deyiladi. Bu yozuv kam ishlatiladi va quyidagi so‘zlarni bir-biridan farqlaydi:
Tutuq belgisi yordamida farqlanadigan so‘zlar: da’vo (ariza) – davo (shifo), she’r (nazm) – sher (hayvon), sur’at (tezlik) – surat (rasm).
Urg‘u yordamida farqlanadigan so‘zlar: átlas (karta) – atlás (mato), sa’va (qush) – sava (savala, urmoq fe’li).
–liq, -lik qo‘shimchalari farqlanadi: bo‘shlik (yuvosh bo‘lmoq) – bo‘shliq (fazo), otalik (otalik qilmoq) – otaliq (homiylik).
–lik, -li qo‘shimchalari farqlanadi: paltoli (sifat) – paltolik (ot)
–chang, -chan qo‘shimchalari farqlanadi: mahsichang (ravish) – ishchan (sifat)
Do'stlaringiz bilan baham: |