Qisqartmalar bosh harf bilan yoziladi: BMT, SHHT, O‘zMU, UrDU kabi.
Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi: “Mahbub ul-qulub” Alisher Navoiyning durdona asaridir. Bu asar 1500-yilda yozilgan.
VII bo‘lim. KO‘CHIRISH QOIDALARI. (75-82-bandlar)
So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, u keyingi satrga ko‘chirilmaydi, oldingi satrda yolg‘iz o‘zi qoldirilmaydi ham: a-badiy emas aba-diy, mudofa-a emas mudo-faa.
Ikki unli o‘rtasida kelgan qo‘sh undoshning ikkalasi ham keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya.
Ikki unli o‘rtasida uch undosh kelsa, birinchi undoshni oldingi satrda qoldirib, qolgan ikki undoshni keyingi satrga ko‘chiramiz: silin-drik.
Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shay-von, ma-i-shat, pi-choq, si-ngil, ko‘-ngil, de-ngiz. Lekin jo‘nalish kelishigi (-ga) so‘z tarkibida n undoshi bilan yonma-yon kelsa, buni ng deb hisoblamaslik kerak va bu quyidagicha ko‘chiriladi: men-ga, tan-ga, sen-ga, kon-gress kabi.
Qisqartmalar, ko‘p xonali sonlar satrdan satrga ko‘chirilmaydi: AQSH, BMT, MDH, ToshDU, 245, XIX.
Harfdan iborat shartli belgi o‘ziga tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-“A” sinf, 15 gramm, 90 sm.
Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: “Navro‘z”-2021, “O‘qituvchi”-2021, “Nihol”-2021.
Do'stlaringiz bilan baham: |