tanaffus (________________________); kontrakt (_________________________________);
manzur (_________________________); biologiya (_________________________________);
xushovoz (________________________); tabaqa (__________________________________).
§ Urg‘u
So‘zdagi bo‘g‘inlarning, gapdagi so‘zlarning boshqalariga qaraganda biroz kuchliroq talaffuz qilinishi urg‘u deyiladi.
Urg‘u 2 xil bo‘ladi:
so‘z urg‘usi (leksik, lug‘aviy, atash urg‘usi) – so‘zdagi unli harfga tushadi
gap urg‘usi (logik, mantiqiy, intonatsion, ma’no urg‘usi) – kesimdan oldingi so‘zga tushadi.
SO‘Z URG‘USI. So‘zdagi biror bo‘g‘inning boshqalariga qaraganda kuchliroq ohang bilan aytilishidir. O‘zbek tilida urg‘u, asosan, oxirgi bo‘g‘inga tushadi. Masalan, balánd, bolá.
Urg‘u yordamida nutq ko‘rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo‘ladi, kishini zeriktirmaydi. Turkiy, jumladan, o‘zbek tilida urg‘u o‘rniga ko‘ra ko‘chib yuruvchi (ko‘chmanchi)dir. Masalan, o‘rík – o‘rikzór – o‘rikzorlár – o‘rikzorlargá.
Agar qo‘shimcha qo‘shilsa, urg‘u ham ko‘chib boraveradi: bola – bolalár – bolalarím – bolalarimgá.
O‘zbek tilida arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u barqaror o‘ringa ega.
Quyidagi hollarda urg‘uning o‘rni o‘zgaradi:
arab va tojik tilidan o‘tgan so‘zlarda: hózir, áslo, dóim, yángi, hamísha;
ayrim modal so‘zlarda: zéro, afsúski, albátta, bálki;
d) ba’zi yordamchi so‘zlarda: bá’zan, lékin, ámmo (sof ko‘makchilar urg‘u olmaydi: uzra, kabi, sari, sayin va h.k.);
e) ayrim olmoshlarda: qáysi, qáncha, hámma, bárcha, állakim, kímdir, hár kim, héch nima;
f) tutuq belgisi unlidan keyin kelgan so‘zlarda: má’no, dá’vo, á’lo;
g) fe’lning buyruq shaklida: kélsin, kéltir, tégma;
h) ayrim ruscha so‘zlarda: téxnika, kófe, radio, tráktor, matemátika, réktor, diréktor;
i) son alohida ohang bilan aytilsa: íkki, yétti, sákson;
j) tarkibli sonning birinchi qismiga: ó‘n ikki, ó‘n besh;
k) qo‘shma fe’l va KFSQning birinchi bo‘g‘iniga: sótib oldi, yózib oldi, bérib yubordi;
l) takror so‘zlarning birinchi bo‘g‘iniga: kátta-katta, ásta-asta
m) ayrim arabcha so‘zlarda: tádbir, tijórat, tátbiq, máktab.
ERKIN URG‘U. Bo‘g‘indan bo‘g‘inga ko‘chib, ularning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan urg‘u erkin urg‘u deyiladi.
Masalan, yuklamá (ot) - yúklama (fe’l)
átlas (xarita) - atlás (mato)
Ayrim so‘zlarda urg‘u ma’no farqlashga xizmat qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |