Ijtimoiy hodisa


HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI (XIX asrning 2-yarmidan – hozirgi davrgacha)


Download 451.19 Kb.
bet8/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

4. HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI (XIX asrning 2-yarmidan – hozirgi davrgacha). Bu til hozirda biz foydalanayotgan til hisoblanadi.


Bu tilda quyidagi shoir va ijodkorlar betakror asarlar yaratgan:

  • Behbudiy;

  • Avloniy;

  • Avaz O‘tar;

  • So‘fizoda;

  • Fitrat;

  • Hamza;

  • Qodiriy;

  • Cho‘lpon;

  • G‘afur G‘ulom;

  • Oybek;

  • Abdulla Qahhor;

  • Shayxzoda;

  • Hamid Olimjon;

  • Mirtemir;

  • Zulfiya;

  • Shuhrat;

  • Asqad Muxtor;

  • Said Ahmad;

  • Odil Yoqubov;

  • Pirimqul Qodirov;

  • Erkin Vohidov;

  • Abdulla Oripov;

  • O‘lmas Umarbekov;

  • Shukur Xolmirzayev;

  • O‘tkir Hoshimov;

  • Tohir Malik;

  • Muhammad Yusuf;

  • Shavkat Rahmon;

  • Sirojiddin Sayyid;

  • Iqbol Mirzo asarlari



§ Qo‘shimchalar taraqqiyoti
Tildagi o‘zgarishlar tilning ichki taraqqiyot qonunlari asosida to‘xtovsiz o‘zgarib, boyib borishi mumkin.



Eski turkiy tilda

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida

Eski turkiy til

Hozirgi o‘zbek adabiy tili

-ru, -karu, -g‘aru

-ga

abru, tabaru, artqaru, O‘g‘uzg‘aru

uyga, tomonga, orqaga,
O‘g‘uzga

-g, -ig, -g‘, -ig‘, -ug‘, -ug

-ni

so‘zug, to‘nug‘

so‘zni, to‘nni

Turur so‘zi

-niki

mening turur, Ahmadning turur

meniki, Ahmadniki

-duk, -duq

-gan

ochulduk kun, ishladuki ish

ochilgan (quyoshli) kun, ishlanadigan ish

-sar

-sa shart mayli

borsar, kelsar

borsa, kelsa







ev, adaq, adgu, ochun

uy, oyoq, ezgu, dunyo







o‘g

aql, maqta, katta, fikr

Bir vaqtlari shul, topg‘ay, asrabon, erur so‘zlari hozirgi kunda shu, topgay, asrab, -dir kesimlik qo‘shimchasi tarzida ishlatilib kelinmoqda.
Masalan, Shul erur aybim (Muqimiy) – Shudir aybim.

4-DARS. O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISH TARIXI HAQIDA.


§ O‘zbek tili – Davlat tili


1989-yil 21-oktabr. Oliy Kengashning XI sessiyasida “O‘zbekistonning Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran o‘zbek tili Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi.
1990-yil 19-fevral. Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan “O‘zbekistonning Davlat tili haqida”gi Qonun 30 moddadan iborat ekanligi qayd qilingan edi.
1995-yil 21-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Yangi tahrir 24 modda qilib belgilandi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu tillar orasida o‘zbek tiliga eng yaqini uyg‘ur tilidir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun


1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili – o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
1-BO‘LIM. I bob. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili – o‘zbek tilidir.


§ O‘zbek tilshunosligining rivojlanish tarixi haqida

O‘zbek (qadimgi turkiy) tilini o‘rganish Mahmud Qoshg‘ariydan boshlandi. Bu alloma eng birinchi turkiy tilshunosi, adabiyotshunosi, etnografi sifatida nom chiqargan olimdir. U o‘zining “Devonu lug‘otit-turk” asarida turkiy tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarni ma’lum turkumlar (ot, fe’l, yordamchi so‘zlar)ga ajratgan. U Jorulloh degan nom olgan.


Buyuk vatandoshimiz Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy ham o‘zining “Muqaddimat ul-adab” asarida otlar, fe’llar, bog‘lovchilar haqida ma’lumot bergan. Bu asarni o‘zi keyinchalik chig‘atoy, ya’ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asar 5 qismdan iborat.

O‘zbek tili fan sifatida maktablarda XX asrning 20-yillaridan (1920-yil) o‘qitila boshlandi. Ana shu davrdan boshlab tilni tizimli ravishda o‘rganish boshlangan.


O‘zbek tilshunosligi faniga asos solishda quyidagi tilshunos olimlarning xizmati katta:
Abdurauf Fitrat, Elbek, A. Zohiriy, Muhammadamin Muhammadkarimov, Munavvarqori Abdurashidxonov, E.D. Polivanov, Qayum Ramozonov, A.K. Borovkov, F. Kamolov, X. Komilova, Ayub G‘ulomov, F. Abdullayev, H. G‘oziyev, F. Yunusov, H. Ma’rufov, U. Tursunov, T. Ibrohimov va boshq.

Hozirgi davrda tilimizni tadqiq qilishdagi faol ishtirok etayotgan tilshunoslar:



Download 451.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling