Yil 20-iyun kuni O‘zbekiston ssr oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qanday hujjat qabul qilingan?
Download 29.37 Kb.
|
o\'zb eng yangi tarixi
. 1990-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qanday hujjat qabul qilingan? Mustaqillik Deklaratsiyasi 2. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo‘lgan o‘n birinchi sessiyasida mamlakat siyosiy hayotida qanday muhim Qonun qabul qilindi? “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida” 3. 1989-yilning may-iyun oylarida respublikamizning qaysi hududida fojeali voqealar sodir bo‘ldi? Farg‘onada 4. O‘zbekiston SSR Mustaqillik Deklaratsiyasi nechta moddadan iborat? 12 moddadan iborat 5. 1990-yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasida qaysi Qonun qabul qildi? “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida” 6. Mamlakatimizda respublika sanoatida yengil sanoat mahsulotining hissasi 1989-yilda necha foizni tashkil etdi? 23,5 % ni 7. O‘zbekiston mustaqillik arafasida sanoat yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Sobiq Ittifoq respublikalari orasida nechanchi o‘rinni egallar edi? 10 o‘rinni 8. Paxta ishi bahonasida yurtimizda necha ming kishi qamoqqa olindi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi? 5 ming kishi 9. Paxta ishi bahonasida O‘zbekistonda qatag‘onliklarning yangi to‘lqini nechanchi yillarda bo‘lib o‘tdi? 1983-1989 yillarda 10. Yurtimizda 1990-yil 30-aprelda qaysi demokratik partiyaning ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi? Erk demokratik partiyasining 11. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov 1991 yil 19-avgust kuni rasmiy tashrif bilan qaysi davlatga jo‘nab ketdi? Hindistonga 12. O‘zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib qachon saylandi? 1989-yil 23-iyunda 13. “Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul qilmadi, ishni paysalga soldi”. Ushbu tarixiy nutqning muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. I. Karimov 14. Stalincha qatag‘on yillarida O‘zbekistonda 1937-39-yillarda qancha kishi otib tashlandi? 6920 kishi 15. Stalincha qatag‘on yillarida O‘zbekistonda 1937-39-yillarning o‘zida qancha kishi qamoqqa olindi? 41 ming kishi 16. 1989 yil Farg‘onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining 13 ming kishilik bo‘linmasi keltirilib, aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi va ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami kishi halok bo‘ldi? Javob belgilanmagan 17. Yurtimizad paxta xom ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda necha baravarga ko‘paygan edi? 5,5 baravarga 18. 1985-yilga kelib respublikada ishlab chiqarish, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, kombinat va korxonalar soni qachaga yetdi? 1500 tadan oshib ketdi 19. Mustabid tuzum davrida ijtimoiy sohada ham ko‘rsatgichlar juda past bo‘lib, turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha umum ittifoq ko‘rsatgichini necha foizini tashkil qilgan? 65% (sobiq 15 respublikalar ichida 12-o‘rin) 20. “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi qachon qabul qilindi? Javob belgilanmagan Download 29.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling