1. 1990-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qanday hujjat qabul qilingan?
Mustaqillik Deklaratsiyasi
2. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo‘lgan o‘n birinchi sessiyasida mamlakat siyosiy hayotida qanday muhim Qonun qabul qilindi?
“O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida”
3. 1989-yilning may-iyun oylarida respublikamizning qaysi hududida fojeali voqealar sodir bo‘ldi?
Farg‘onada
4. O‘zbekiston SSR Mustaqillik Deklaratsiyasi nechta moddadan iborat?
12 moddadan iborat
5. 1990-yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasida qaysi Qonun qabul qildi?
“O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida”
6. Mamlakatimizda respublika sanoatida yengil sanoat mahsulotining hissasi 1989-yilda necha foizni tashkil etdi?
23,5 % ni
7. O‘zbekiston mustaqillik arafasida sanoat yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Sobiq Ittifoq respublikalari orasida nechanchi o‘rinni egallar edi?
10 o‘rinni
8. Paxta ishi bahonasida yurtimizda necha ming kishi qamoqqa olindi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi?
5 ming kishi
9. Paxta ishi bahonasida O‘zbekistonda qatag‘onliklarning yangi to‘lqini nechanchi yillarda bo‘lib o‘tdi?
1983-1989 yillarda
10. Yurtimizda 1990-yil 30-aprelda qaysi demokratik partiyaning ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi?
Erk demokratik partiyasining
11. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov 1991 yil 19-avgust kuni rasmiy tashrif bilan qaysi davlatga jo‘nab ketdi?
Hindistonga
12. O‘zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib qachon saylandi?
1989-yil 23-iyunda
13. “Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul qilmadi, ishni paysalga soldi”. Ushbu tarixiy nutqning muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
I. Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |