Ijtimoiy, individual psixologik xususiyatlari


Download 284.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi284.11 Kb.
#1051321
  1   2
Bog'liq
D.Bekmuradova (1)



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
962 
MTM TIZIMI BOSHQARUV FAOLIYATIDA RAHBAR SHAXSINING O`ZIGA XOS
IJTIMOIY, INDIVIDUAL – PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 
D.Bekmuradova 
Qashqadaryo viloyati XTXQTMOHM “Pedagogika, psixologiya 
va ta’lim menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi 
KIRISH 
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda bugungi kunda ta’lim 
tizimining rivojlanib borishi zamon talabiga mos ta’lim-tarbiyaga qaratilgandir. Pedagog 
rahbarlarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi hamda, ta`lim-tarbiya 
jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etish uchun zaruriy sharoitlarni 
yaratib berish bilan bir qatorda, ijtimoiy tajribalarga asosan ish olib borish lozimdir. 
O’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy 
muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan 
biridir. Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri har bir 
rahbarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga 
oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la singdirishni 
taqozo etadi. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o’ziga xos va har bir millat 
psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Ushbu o’quv qo’llanma jamiyatning 
yangilanishi davrida rahbar ma’naviyati va ruhiyatida ro’y berayotgan o’zgarishlarning 
psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. MTM jamoasini boshqarishda muomala va 
muloqotning psixologik asoslarini bilish muassasa jamoasi xodimlarining o’zaro ijtimoiy 
munosabatlari ijobiylashishiga va ta`lim-tarbiyaning samaradorligining oshishiga ta’sir 
etadi. 
MTM rahbari o'z kasbining bilimdoni bo'lish uchun nafaqat pedagogikani, balki 
shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini, muloqotning ruhiy ta’siri va munosabatlarning 
psixologik tomonlarini ham yaxshi bilishi kerak bo'ladi. Bu esa har bir rahbardan psixologiya 
ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo'lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga 
oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bu haqda O'zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. 
Psixologiyani o'rganish - hayotni, insonni o'rganish degani. Kerak bo'lsa, rahbarlik qilmoqchi 
ekansiz, yetakchi bo'lib, odamlarga ko'rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning 
psixologiyasini har tomonlama o'rganish kerak)
108
, - degan edi. 
108
Karimov I.A. O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaydi. 
 T. 2005.-189-b.Т. 13. -Т., 
2005. - 189-6. 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
963 
Respublikamizda olib boriladigan islohotlarning asosiy maqsadi shakllanib kelayotgan 
yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g’oya asoslarini singdirish, 
vatanparvarlik hissini tarbiyalash, o’tmish va buyuk kelajak haqida fikrlash, u bilan 
faxrlanish hissini, yangicha tafakkurni shakllantirish, rahbar shaxsi talablariga mos 
keladigan muloqot madaniyatini o’zlashtirishni ta’minlash kabi masalalar qo’yiladi. Buning 
uchun esa, MTM rahbar shaxsi faoliyatiga muhim talablar qo`yiladi va shu talablar asosida 
MTM jamoasini boshqarish muassasa jamoasini to’g’ri psixologik yo’naltirish boshqaruv 
faoliyatining dolzarbligini belgilaydi.MTMdagi pedagogik jarayonga ilmiy yondashgan 
holda rahbarlik qilish pedagogik jamoa faoliyatining qo‘yilgan maqsadlarga erishish 
yo‘lidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradigan boshqaruv metodlari muammolarini 
yanada dolzarblashtiradi. 
MTM rahbari vazifasini bajaruvchi har bir shaxs o‘zaro munosabat va muomala,
intizom, madaniy xulq tarbiyasini jamiyat talablari darajasigacha rivojlantirishga faol
harakat qiladi. Bu esa shaxsning o‘z intizomi, muomala madaniyati, xulq ko‘nikmasi
ustida doimiy ravishda ishlashga olib keladi. 
Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo`lsa, insoniy munosabatlar, shaxslararo ijtimoiy 
munosabatlar masalasi ham shu darajada ko`hna va hamisha dolzarbdir. Inson tafakkuri va 
uning aql idrokiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri shuki, uning taraqqiyoti eng 
avvalo, kishilik jamiyatidagi o`zaro munosabatlarni qay darajada mukammalligiga hamda 
insoniyligiga bog`liq. “Insoniyatning eng qadimiy faoliyat turlaridan biri - bola tarbiyasi 
o‘zining ko‘p asrlik rivojlanish tarixi davomida oddiy maishiy jarayondan ilmiy-ijodiy 
izlanishlar natijalariga asoslangan tizimli, uzaro uyg‘un munosabatlar jarayoniga aylandi.”

Bola rivojlanishining eng muhim davri hisoblangan maktabgacha ta’lim bosqichida 
dastlabki axloqiy tarbiyani, kattalar va tengdoshlari bilan muomala tajribasini egallay 
boshlaydi. Turli o‘yinlar davomida o‘z ijodiy imkoniyatlarini namoyon qiladi, jamoaviy 
mehnat va tadbirlarda bilish faoliyatining oddiy ko‘nikmalarini egallab boradi. 
Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish sharoitida maktabgacha 
ta’lim muassasalari- dagi pedagogik jarayonni boshqarish yuzasidan o‘tkazilayotgan ko‘plab 
ilmiy izlanishlar boshqaruv modelini o‘zgartirib, takomillashtirib borishni taqozo etmokda. 
Pedagogik jarayonni boshqarish modeli asosida olib boriladigan rahbarlik 
tarbiyachilar jamoasi, ota-onalar va jamoatchilikni tarbiyalanuvchilarning yoshiga mos 
ravishda rivojlantirishni ta’minlovchi yagona ta’lim makonida birlashtiradi. 
Bu modelning tayanch nuqtasi shundaki, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy 
etishda MTM rahbari o‘zining boshqaruv faoliyatiga jo‘shqin, ijobiy va ijodiy o‘zgarishlarni 
joriy etishi talab qilinadi. 
MTMda boshqaruvga nisbatan yondashuvni o‘zgartirishda, ya’ni pedagogik jarayonga 
rahbarlik qilishni zamonaviylashtirishda quyidagi o‘ziga xosliklarni birinchi navbatda 
inobatga olish kerak bo‘ladi: 
2
Sh.M.Mirziyoyev. 2017 yil 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganining 25 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
964 
va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam 
poydevoridir”mavzusidagi ma`ruzasi. T. . : “O`zbekiston” -2018 y. 
9. ta’lim va tarbiya bosqichida pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi; 
10. 
uzluksiz ta’limning maktabgacha va boshlangach ta’lim bosqichlarining 
muvofiqlashuvi va uzviy bog‘liqligi; 
MTM faoliyatining ijtimoiy mas’uliyati keng qamrovliligi kattalarning maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan munosabati 
hamda hamkorligi. 
Ta’lim muassasasi jamoasi esa, ana shu talablardan kelib chiqib, MTM rivojlanishini 
ta’minlovchi doimiy yangilanuvchanlikka moyil bo‘lishi, buning uchun jamoada etarli shart-
sharoitlar yaratilishi kerak. Demak, pedagogik jarayonni tashkil etishga o‘zaro aloqador 
bo‘lgan qator tarkibiy qismlardan tashkil topgan, o‘ziga xos murakkab tizim sifatida 
qaralishi lozim. Masalan, maqsad, vazifalar, vositalar, boshqaruv shakli va uslublari, 
rahbarning o‘z faoliyatini belgilovchi prinsiplari va funksiyasi, boshqaruv ob’ekti kabilar 
nazarda tutilayotgan tizimning alohida elementlari hisoblanadi. 
“Rahbar faoliyatining maqsadi har doim bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishi, 
unda dunyoni va o‘z-o‘zini anglashga ehtiyojning ortib borishiga erishish kabi pedagogik 
jarayonning asosiy maqsadiga hamohang bo‘lishi kerak”3. 
Shuning uchun ham har qanday 
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy sharti jamoaning har bir a’zosi bola 
shaxsining har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga mas’ulligi bilan belgilanadi. 
Ko‘rinib turibdiki, bola shaxsini rivojlantirish vazifasi MTM rahbari boshqaruv 
faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘likdir. Rahbarlik ishi tarbiyachilarning bolalarga pedagogik 
yordam berish yuzasidan intilishla- riga uygunlashganda, ish uslubi muntazam 
takomillashtirilganda, ta’lim muassasasining o‘z boshqaruv konsepsiyasi joriy etilgandagina 
yuqorida nazarda tutilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish mumkin. 
----------------- 
3. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik 
texnologiyalar.– T.: ―Nihol‖ nashriyoti, 2013, 2016. 
Bunday rahbarlik konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi aksariyat hollarda 
boshqaruv tamoyillarining yaxlit va imkon darajasidaligiga ham bog‘liqdir. Boshqaruv 
tamoyillari deganda rahbarning ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda o‘z faoliyatini 
qanday usul va asoslarda ruyobga chiqarishi tushuniladi. 
MTM rahbarlarining boshqaruv faoliyati yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi, 
aloqadorligi va uzviyligini ta’minlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, u maqsadga 
erishishda harakatlar izchilligi bilan belgilanadi. Ya’ni bu jihatlar o‘z-o‘zidan maqsadga ko‘ra 
aniqlanmaydi, balki maqsadga erishishdagi o‘zaro hamkorlik, o‘zaro tushunish, o‘zaro ta’sir 
jarayonining samarasi, jamoadagi qulay ruhiy muhit, jamoa a’zolari uchun yaratilgan shart-
sharoitlar orqali belgilanadi. MTMning asosiy maqsadi umumiy bo‘lib, u o‘zgarmasa-da, 
mazkur maqsad belgilangan vaqtdagi shart-sharoitlar xamda jamoa a’zolarining tarkibi 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
965 
o‘zgarishi natijasida MTM rahbarlari boshqaruv faoliyatining samaradorligi o‘zgarishi 
mumkin. 
Demak, MTM rahbarlari boshqaruv faoliyatining samaradorligi jamoadagi qulay ruhiy 
muhit, jamoa a’zolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, rahbarlar, 
mutaxassislar va tarbiyachilarning bilimi, kasbiy ko‘nikma va malakalari darajasiga bog‘lik 
bo‘lishi bilan bir qatorda, MTM raxbarlarining boshqaruv faoliyati yo‘nalishlarining o‘zaro 
bog‘likligi, aloqadorligi va uzviyligini ta’minlash uchun tizimli yondashuv texnologiyasini 
tatbiq etilishiga xam bog‘lik bo‘lishi MTM rahbarlari boshqaruv faoliyati jarayoni o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi va bu o‘z navbatida, MTM rahbarlari boshqaruv 
faoliyati jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va ularni inobatga olish 
zaruriyatini belgilaydi. 
MTMni boshqarishda pedagoglar sog‘lom raqobat, hamkorlik asosida metodik 
ishlarni tashkil etish va demokratik boshqaruvga doir boshlang‘ich amallarini rivojlantirish 
orqali ishtirok etadilar.Bunda MTM rahbarining vazifasi — har bir pedagogning o‘zida kuch 
topa olishiga, o‘z kasbiy maxratini oshirib borishi uchun hali ishga solinmagan imkoniyat- 
larni topishiga yordam berishdan iborat buladi. 
Rahbarning ish uslubi, uning shaxsiy hamda kasbiy sifatlari MTMdagi ish tartibiga, 
muassasasa faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Shuningdek, ta’lim 
muassasasida boshqaruv, eng avvalo, shaxsiy sifatlarni tarbiyalab borishga asoslanmog‘i 
zarur. Ayni mana shu yondashuv boshqaruv faoliyatining nafaqat rahbarga, balki butun 
jamoa a’zolariga tegishliligini ta’minlaydi. Va bu bilan muassasa boshqaruvi tabiiy ravishda 
engillashadi. Jamoada alohida ahamiyatga ega bo‘lgan axloqning, o‘zini tutish odobining 
shakllanishiga, hamkorlik muhitining yaralishiga olib keladi. 
MTM rahbarlarining funksional vazifalarini amalga oshirish jarayoni pedagogik 
jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va takomillashtirish, uning natijaviyligini ta’minlash, 
qulay ta’limiy muhitni qaror toptirish va barqarorlashtirish uchun jamoada zaruriy shart-
sharoitlarni yaratish, pedagog xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish o‘z navbatida tizimli 
yondashuvni tatbiq etish zaruratini belgilaydi. 
Ko‘pchilik mutaxassislar rahbarlik uslublarini tasniflashida mazkur jarayonning bosh 
mezoni va tashkiliy tamoyili sifatida yakkaboshchilik ustuvorligiga e’tibor berishadi. 
Shundan kelib chiqib, rahbarning boshqaruv faoliyati asosiy uslublarining mazmun va 
mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz: 
1.Avtoritar uslubda rahbar o‘z irodasini qo‘l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida 
o‘tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, qo‘rqitish, rag‘batlantirish va boshqa chora-
tadbirlardan foydalanadi. Bu xil boshqaruvchilik bevosita buyruq va farmoyishlar berishga 
asoslanib, boshliqqa so‘zsiz bo‘ysunishni taqozo qiladi. Jamoa a’zolarining bevosita 
muloqotda bo‘lishni chegaralab qo‘yadi. O‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishiga 
chiday olmaydi. Bunday vaziyatda xodimlarning mehnat jarayoniga munosabatlari, ayrim 
shaxsning manfaatlari psixologik jihatdan e’tiborga olinmaydi. U o‘z xodimlariga 
ishonmaydi, barcha mavjud axborotlarni o‘zi orqali o‘tkazishga harakat qiladi. Bunday 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
966 
uslub ta’sirida inson o‘z mehnatidan ko‘nikmaydi, uning natijalaridan begonalashib qoladi, 
mehnat unumdorligi pasayadi, ish sifati yomonlashadi, rasmiyatchilik avj oladi, 
chaqimchilik, guruhbozlik kabi illatlarning kuchayishiga yakkahokimlikka intilish sabab 
bo‘ladi. Bunday rahbar jamoadagi munosabatlarni izdan chiqaradi, jamoaning mehnat 
unumdorligi tushib ketishiga olib keladi. 
2. Liberal (erkin ish yuritish) uslubi rahbarning o‘z qarorlarini tavsiyalar ko‘rinishida 
berish, xodimlarning ishiga kamroq, aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi, xodimlariga keng doirada mustaqillik, to‘la erkinlik berish bilan 
bir qatorda ularning harakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga 
oshiradi. Liberal-rahbar turli xil nizolarning kelib chiqishidan cho‘chiydi, shuning uchun 
muassasa faoliyatini, asosiy ishlarni o‘z oqimiga tashlab qo‘yadi, shuningdek, o‘z zimmasiga 
mas’uliyat olishni yoqtirmaydi. 
3. Demokratik uslubda rahbar o‘z faoliyatini o‘zining jamoasi a’zolariga tayangan 
holda jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun 
javobgarlik bo‘ysunuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Xodimlarning o‘zaro munosabatlarini 
rag‘batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan 
maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag‘batlantirib boradi. 
Mazkur uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar tashabbuskorlikni rag‘batlantiradi, 
barcha bilan samimiy munosabatda bo‘ladi, o‘z mavqei ustunligini bildirmaydi, hamkorlik 
uchun qulay vaziyatni yaratadi, qo‘l ostidagilarga qarorlar qabul qilishda ishtirok etish 
imkonini beradi, ular tomonidan bildirilgan tanqidga to`gri munosabatda bo‘ladi hamda 
turli xil vaziyatlarni inobatga olgan holda yondashuvlarni amalga oshiradi. Bunday rahbarlik 
uslubini takomillashtirish yo‘nalishida quyidagi bir necha usul va shakllarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin:

4.Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. 
a) innovatsiya orqali boshqaruv, bu faoliyat yo‘nalishida xilma-xil tashabbuslar va 
yangiliklarni o‘z ichiga oluvchi, ta’limning rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni 
ishlab chiqish talablarini belgilaydi; 
b) maqsad yo‘nalishidagi topshiriklar orqali boshqaruv - bu usuldagi boshqaruv 
birinchi o‘rinda barcha bo‘g‘inlar bo‘yicha maqsadga erishish yo‘nalishida vazifalar 
belgilaydi, ma’lum bir belgilangan tartib va rejaga xamda tekshiruvlar taxliliga, erishilgan 
yutuqlarga asoslangan holda maqsadga erishish metodlari va yo‘llarini belgilashda erkinlik 
beradi; 
v) xodimlarning aloqadorligi orqali boshqaruv - maqsadni shakllantirish, shuningdek, 
uni amalga oshirish va tarbiyalash jarayonida xodimlarning ishtirokini ta’minlash; 
Rahbarlar u yoki bu uslubni tanlashda aniqlangan qator omillarni hisobga olishi zarur: 
1. Vaziyat (stress, tinch aniqlanmagan). Masalan, vaqt ziq vaziyatlarda avtoritar uslub 
o‘zini oqlaydi. 
2. Topshiriq (aniq tuzilishga ko‘ra). Murakkab topshiriqlarni bajarishda ekspertlarni 
jalb etish, davra suhbatlari tashkil etish kerak va bunda demokratik uslub zarur. 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
967 
3. Guruh (uning a’zolarining jinsi, yoshi, barqarorligi). Topshiriqlarning bajarilishiga 
qiziquvchi, o‘zaro inoq jamoa uchun demokratik yoki (ijodiy jamoada, topshiriqlarni 
bajarishda ijodiy yondashuvda) liberal uslubni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi 
MTMdagi pedagogik jarayonga ilmiy yondashgan holda rahbarlik qilish pedagogik 
jamoa faoliyatining qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini 
muvofiqlashtiradigan boshqaruv metodlari muammolarini yanada dolzarblashtiradi. 
Pedagoglik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiylik va xususiylik xususiyatlariga ega. Har 
bir pedagogning muhim hayotiy o‘rnini belgilovchi maqsadi - o‘z ishini mukammal egallab,
MTM boshqaruv tizimini puxta, mahoratli boshqara olish san`atiga ega bo‘lishdir. 
Rahbar mahorati uning pedagogik faoliyatida ko‘rinadi. Rahbar, avvalo, pedagogik 
jarayonning qonuniyat va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda 
rahbarning umumlashgan malakalari uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik 
bo‘ladi. 
Mahorat - bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada mahorat bo‘lish mumkin emas. 
Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy rahbar mehnat faoliyati 
chog‘idagina go‘zaldir. 
Pedagogik mahoratga yetishish rahbar-pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan 
amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning taraqqiy 
etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, 
fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi. 

Download 284.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling