Ijtimoiy, individual psixologik xususiyatlari
Download 284.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqD.Bekmuradova (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- D.Bekmuradova Qashqadaryo viloyati XTXQTMOHM “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi KIRISH
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 962 MTM TIZIMI BOSHQARUV FAOLIYATIDA RAHBAR SHAXSINING O`ZIGA XOS IJTIMOIY, INDIVIDUAL – PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI D.Bekmuradova Qashqadaryo viloyati XTXQTMOHM “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi KIRISH Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda bugungi kunda ta’lim tizimining rivojlanib borishi zamon talabiga mos ta’lim-tarbiyaga qaratilgandir. Pedagog rahbarlarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi hamda, ta`lim-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etish uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berish bilan bir qatorda, ijtimoiy tajribalarga asosan ish olib borish lozimdir. O’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri har bir rahbarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o’ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Ushbu o’quv qo’llanma jamiyatning yangilanishi davrida rahbar ma’naviyati va ruhiyatida ro’y berayotgan o’zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. MTM jamoasini boshqarishda muomala va muloqotning psixologik asoslarini bilish muassasa jamoasi xodimlarining o’zaro ijtimoiy munosabatlari ijobiylashishiga va ta`lim-tarbiyaning samaradorligining oshishiga ta’sir etadi. MTM rahbari o'z kasbining bilimdoni bo'lish uchun nafaqat pedagogikani, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini, muloqotning ruhiy ta’siri va munosabatlarning psixologik tomonlarini ham yaxshi bilishi kerak bo'ladi. Bu esa har bir rahbardan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo'lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bu haqda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o'rganish - hayotni, insonni o'rganish degani. Kerak bo'lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo'lib, odamlarga ko'rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o'rganish kerak) 108 , - degan edi. 108 Karimov I.A. O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaydi. T. 2005.-189-b.Т. 13. -Т., 2005. - 189-6. Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 963 Respublikamizda olib boriladigan islohotlarning asosiy maqsadi shakllanib kelayotgan yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g’oya asoslarini singdirish, vatanparvarlik hissini tarbiyalash, o’tmish va buyuk kelajak haqida fikrlash, u bilan faxrlanish hissini, yangicha tafakkurni shakllantirish, rahbar shaxsi talablariga mos keladigan muloqot madaniyatini o’zlashtirishni ta’minlash kabi masalalar qo’yiladi. Buning uchun esa, MTM rahbar shaxsi faoliyatiga muhim talablar qo`yiladi va shu talablar asosida MTM jamoasini boshqarish muassasa jamoasini to’g’ri psixologik yo’naltirish boshqaruv faoliyatining dolzarbligini belgilaydi.MTMdagi pedagogik jarayonga ilmiy yondashgan holda rahbarlik qilish pedagogik jamoa faoliyatining qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradigan boshqaruv metodlari muammolarini yanada dolzarblashtiradi. MTM rahbari vazifasini bajaruvchi har bir shaxs o‘zaro munosabat va muomala, intizom, madaniy xulq tarbiyasini jamiyat talablari darajasigacha rivojlantirishga faol harakat qiladi. Bu esa shaxsning o‘z intizomi, muomala madaniyati, xulq ko‘nikmasi ustida doimiy ravishda ishlashga olib keladi. Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo`lsa, insoniy munosabatlar, shaxslararo ijtimoiy munosabatlar masalasi ham shu darajada ko`hna va hamisha dolzarbdir. Inson tafakkuri va uning aql idrokiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri shuki, uning taraqqiyoti eng avvalo, kishilik jamiyatidagi o`zaro munosabatlarni qay darajada mukammalligiga hamda insoniyligiga bog`liq. “Insoniyatning eng qadimiy faoliyat turlaridan biri - bola tarbiyasi o‘zining ko‘p asrlik rivojlanish tarixi davomida oddiy maishiy jarayondan ilmiy-ijodiy izlanishlar natijalariga asoslangan tizimli, uzaro uyg‘un munosabatlar jarayoniga aylandi.” 2 Bola rivojlanishining eng muhim davri hisoblangan maktabgacha ta’lim bosqichida dastlabki axloqiy tarbiyani, kattalar va tengdoshlari bilan muomala tajribasini egallay boshlaydi. Turli o‘yinlar davomida o‘z ijodiy imkoniyatlarini namoyon qiladi, jamoaviy mehnat va tadbirlarda bilish faoliyatining oddiy ko‘nikmalarini egallab boradi. Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish sharoitida maktabgacha ta’lim muassasalari- dagi pedagogik jarayonni boshqarish yuzasidan o‘tkazilayotgan ko‘plab ilmiy izlanishlar boshqaruv modelini o‘zgartirib, takomillashtirib borishni taqozo etmokda. Pedagogik jarayonni boshqarish modeli asosida olib boriladigan rahbarlik tarbiyachilar jamoasi, ota-onalar va jamoatchilikni tarbiyalanuvchilarning yoshiga mos ravishda rivojlantirishni ta’minlovchi yagona ta’lim makonida birlashtiradi. Bu modelning tayanch nuqtasi shundaki, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishda MTM rahbari o‘zining boshqaruv faoliyatiga jo‘shqin, ijobiy va ijodiy o‘zgarishlarni joriy etishi talab qilinadi. MTMda boshqaruvga nisbatan yondashuvni o‘zgartirishda, ya’ni pedagogik jarayonga rahbarlik qilishni zamonaviylashtirishda quyidagi o‘ziga xosliklarni birinchi navbatda inobatga olish kerak bo‘ladi: 2 Sh.M.Mirziyoyev. 2017 yil 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 964 va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir”mavzusidagi ma`ruzasi. T. . : “O`zbekiston” -2018 y. 9. ta’lim va tarbiya bosqichida pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi; 10. uzluksiz ta’limning maktabgacha va boshlangach ta’lim bosqichlarining muvofiqlashuvi va uzviy bog‘liqligi; MTM faoliyatining ijtimoiy mas’uliyati keng qamrovliligi kattalarning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan munosabati hamda hamkorligi. Ta’lim muassasasi jamoasi esa, ana shu talablardan kelib chiqib, MTM rivojlanishini ta’minlovchi doimiy yangilanuvchanlikka moyil bo‘lishi, buning uchun jamoada etarli shart- sharoitlar yaratilishi kerak. Demak, pedagogik jarayonni tashkil etishga o‘zaro aloqador bo‘lgan qator tarkibiy qismlardan tashkil topgan, o‘ziga xos murakkab tizim sifatida qaralishi lozim. Masalan, maqsad, vazifalar, vositalar, boshqaruv shakli va uslublari, rahbarning o‘z faoliyatini belgilovchi prinsiplari va funksiyasi, boshqaruv ob’ekti kabilar nazarda tutilayotgan tizimning alohida elementlari hisoblanadi. “Rahbar faoliyatining maqsadi har doim bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishi, unda dunyoni va o‘z-o‘zini anglashga ehtiyojning ortib borishiga erishish kabi pedagogik jarayonning asosiy maqsadiga hamohang bo‘lishi kerak”3. Shuning uchun ham har qanday maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy sharti jamoaning har bir a’zosi bola shaxsining har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga mas’ulligi bilan belgilanadi. Ko‘rinib turibdiki, bola shaxsini rivojlantirish vazifasi MTM rahbari boshqaruv faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘likdir. Rahbarlik ishi tarbiyachilarning bolalarga pedagogik yordam berish yuzasidan intilishla- riga uygunlashganda, ish uslubi muntazam takomillashtirilganda, ta’lim muassasasining o‘z boshqaruv konsepsiyasi joriy etilgandagina yuqorida nazarda tutilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish mumkin. ----------------- 3. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.– T.: ―Nihol‖ nashriyoti, 2013, 2016. Bunday rahbarlik konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi aksariyat hollarda boshqaruv tamoyillarining yaxlit va imkon darajasidaligiga ham bog‘liqdir. Boshqaruv tamoyillari deganda rahbarning ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda o‘z faoliyatini qanday usul va asoslarda ruyobga chiqarishi tushuniladi. MTM rahbarlarining boshqaruv faoliyati yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi va uzviyligini ta’minlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, u maqsadga erishishda harakatlar izchilligi bilan belgilanadi. Ya’ni bu jihatlar o‘z-o‘zidan maqsadga ko‘ra aniqlanmaydi, balki maqsadga erishishdagi o‘zaro hamkorlik, o‘zaro tushunish, o‘zaro ta’sir jarayonining samarasi, jamoadagi qulay ruhiy muhit, jamoa a’zolari uchun yaratilgan shart- sharoitlar orqali belgilanadi. MTMning asosiy maqsadi umumiy bo‘lib, u o‘zgarmasa-da, mazkur maqsad belgilangan vaqtdagi shart-sharoitlar xamda jamoa a’zolarining tarkibi Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 965 o‘zgarishi natijasida MTM rahbarlari boshqaruv faoliyatining samaradorligi o‘zgarishi mumkin. Demak, MTM rahbarlari boshqaruv faoliyatining samaradorligi jamoadagi qulay ruhiy muhit, jamoa a’zolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, rahbarlar, mutaxassislar va tarbiyachilarning bilimi, kasbiy ko‘nikma va malakalari darajasiga bog‘lik bo‘lishi bilan bir qatorda, MTM raxbarlarining boshqaruv faoliyati yo‘nalishlarining o‘zaro bog‘likligi, aloqadorligi va uzviyligini ta’minlash uchun tizimli yondashuv texnologiyasini tatbiq etilishiga xam bog‘lik bo‘lishi MTM rahbarlari boshqaruv faoliyati jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi va bu o‘z navbatida, MTM rahbarlari boshqaruv faoliyati jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va ularni inobatga olish zaruriyatini belgilaydi. MTMni boshqarishda pedagoglar sog‘lom raqobat, hamkorlik asosida metodik ishlarni tashkil etish va demokratik boshqaruvga doir boshlang‘ich amallarini rivojlantirish orqali ishtirok etadilar.Bunda MTM rahbarining vazifasi — har bir pedagogning o‘zida kuch topa olishiga, o‘z kasbiy maxratini oshirib borishi uchun hali ishga solinmagan imkoniyat- larni topishiga yordam berishdan iborat buladi. Rahbarning ish uslubi, uning shaxsiy hamda kasbiy sifatlari MTMdagi ish tartibiga, muassasasa faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Shuningdek, ta’lim muassasasida boshqaruv, eng avvalo, shaxsiy sifatlarni tarbiyalab borishga asoslanmog‘i zarur. Ayni mana shu yondashuv boshqaruv faoliyatining nafaqat rahbarga, balki butun jamoa a’zolariga tegishliligini ta’minlaydi. Va bu bilan muassasa boshqaruvi tabiiy ravishda engillashadi. Jamoada alohida ahamiyatga ega bo‘lgan axloqning, o‘zini tutish odobining shakllanishiga, hamkorlik muhitining yaralishiga olib keladi. MTM rahbarlarining funksional vazifalarini amalga oshirish jarayoni pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va takomillashtirish, uning natijaviyligini ta’minlash, qulay ta’limiy muhitni qaror toptirish va barqarorlashtirish uchun jamoada zaruriy shart- sharoitlarni yaratish, pedagog xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish o‘z navbatida tizimli yondashuvni tatbiq etish zaruratini belgilaydi. Ko‘pchilik mutaxassislar rahbarlik uslublarini tasniflashida mazkur jarayonning bosh mezoni va tashkiliy tamoyili sifatida yakkaboshchilik ustuvorligiga e’tibor berishadi. Shundan kelib chiqib, rahbarning boshqaruv faoliyati asosiy uslublarining mazmun va mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz: 1.Avtoritar uslubda rahbar o‘z irodasini qo‘l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o‘tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, qo‘rqitish, rag‘batlantirish va boshqa chora- tadbirlardan foydalanadi. Bu xil boshqaruvchilik bevosita buyruq va farmoyishlar berishga asoslanib, boshliqqa so‘zsiz bo‘ysunishni taqozo qiladi. Jamoa a’zolarining bevosita muloqotda bo‘lishni chegaralab qo‘yadi. O‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi. Bunday vaziyatda xodimlarning mehnat jarayoniga munosabatlari, ayrim shaxsning manfaatlari psixologik jihatdan e’tiborga olinmaydi. U o‘z xodimlariga ishonmaydi, barcha mavjud axborotlarni o‘zi orqali o‘tkazishga harakat qiladi. Bunday Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 966 uslub ta’sirida inson o‘z mehnatidan ko‘nikmaydi, uning natijalaridan begonalashib qoladi, mehnat unumdorligi pasayadi, ish sifati yomonlashadi, rasmiyatchilik avj oladi, chaqimchilik, guruhbozlik kabi illatlarning kuchayishiga yakkahokimlikka intilish sabab bo‘ladi. Bunday rahbar jamoadagi munosabatlarni izdan chiqaradi, jamoaning mehnat unumdorligi tushib ketishiga olib keladi. 2. Liberal (erkin ish yuritish) uslubi rahbarning o‘z qarorlarini tavsiyalar ko‘rinishida berish, xodimlarning ishiga kamroq, aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, xodimlariga keng doirada mustaqillik, to‘la erkinlik berish bilan bir qatorda ularning harakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi. Liberal-rahbar turli xil nizolarning kelib chiqishidan cho‘chiydi, shuning uchun muassasa faoliyatini, asosiy ishlarni o‘z oqimiga tashlab qo‘yadi, shuningdek, o‘z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi. 3. Demokratik uslubda rahbar o‘z faoliyatini o‘zining jamoasi a’zolariga tayangan holda jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik bo‘ysunuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Xodimlarning o‘zaro munosabatlarini rag‘batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag‘batlantirib boradi. Mazkur uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar tashabbuskorlikni rag‘batlantiradi, barcha bilan samimiy munosabatda bo‘ladi, o‘z mavqei ustunligini bildirmaydi, hamkorlik uchun qulay vaziyatni yaratadi, qo‘l ostidagilarga qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkonini beradi, ular tomonidan bildirilgan tanqidga to`gri munosabatda bo‘ladi hamda turli xil vaziyatlarni inobatga olgan holda yondashuvlarni amalga oshiradi. Bunday rahbarlik uslubini takomillashtirish yo‘nalishida quyidagi bir necha usul va shakllarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 4 4.Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. a) innovatsiya orqali boshqaruv, bu faoliyat yo‘nalishida xilma-xil tashabbuslar va yangiliklarni o‘z ichiga oluvchi, ta’limning rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni ishlab chiqish talablarini belgilaydi; b) maqsad yo‘nalishidagi topshiriklar orqali boshqaruv - bu usuldagi boshqaruv birinchi o‘rinda barcha bo‘g‘inlar bo‘yicha maqsadga erishish yo‘nalishida vazifalar belgilaydi, ma’lum bir belgilangan tartib va rejaga xamda tekshiruvlar taxliliga, erishilgan yutuqlarga asoslangan holda maqsadga erishish metodlari va yo‘llarini belgilashda erkinlik beradi; v) xodimlarning aloqadorligi orqali boshqaruv - maqsadni shakllantirish, shuningdek, uni amalga oshirish va tarbiyalash jarayonida xodimlarning ishtirokini ta’minlash; Rahbarlar u yoki bu uslubni tanlashda aniqlangan qator omillarni hisobga olishi zarur: 1. Vaziyat (stress, tinch aniqlanmagan). Masalan, vaqt ziq vaziyatlarda avtoritar uslub o‘zini oqlaydi. 2. Topshiriq (aniq tuzilishga ko‘ra). Murakkab topshiriqlarni bajarishda ekspertlarni jalb etish, davra suhbatlari tashkil etish kerak va bunda demokratik uslub zarur. Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 967 3. Guruh (uning a’zolarining jinsi, yoshi, barqarorligi). Topshiriqlarning bajarilishiga qiziquvchi, o‘zaro inoq jamoa uchun demokratik yoki (ijodiy jamoada, topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondashuvda) liberal uslubni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi MTMdagi pedagogik jarayonga ilmiy yondashgan holda rahbarlik qilish pedagogik jamoa faoliyatining qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradigan boshqaruv metodlari muammolarini yanada dolzarblashtiradi. Pedagoglik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiylik va xususiylik xususiyatlariga ega. Har bir pedagogning muhim hayotiy o‘rnini belgilovchi maqsadi - o‘z ishini mukammal egallab, MTM boshqaruv tizimini puxta, mahoratli boshqara olish san`atiga ega bo‘lishdir. Rahbar mahorati uning pedagogik faoliyatida ko‘rinadi. Rahbar, avvalo, pedagogik jarayonning qonuniyat va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda rahbarning umumlashgan malakalari uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo‘ladi. Mahorat - bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada mahorat bo‘lish mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy rahbar mehnat faoliyati chog‘idagina go‘zaldir. Pedagogik mahoratga yetishish rahbar-pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi. Download 284.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling