Glossariy
1.Ijtimoiy-inson va jamiyat hayotiga oid degan ma'nonini anglatadi
2.Psixologiya-inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar to'g'risidagi fan
3.Iltimoiy psixologiya-kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifini, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holarlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq etuvchi psixologiya sohasi
4.Sotsiologiya-bir bitun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari to'g'risidagi fan
5.Jamiyat-kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyati majmui
6.Omma-biror ijtimoiy guruhning katta ko'pchiligi, umum, ko'pchilik, xalq
7.Xalq-bu odamlar jamoasi bo'lib, ularning tili,madaniyati, sa'nati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Muayyan mamalakatning barcha aholisi
8.Xalqlar psixologiyasi-ayrim individlardan yuqori turadigan ruh mavjud bo`lib, bu ruh o`zidan ham yuqori turadigan ilohiy yaxlitlikka bo’ysunadi
9.Ijtimoiy xulq-atvorning instinktlari nazariyasi-barcha ongli harakatlarning boshi ongsizlikdir, ya`ni instinktlar bo`lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo`ladi.
10.Affekt holat-odam o'zi nima qilyotganligini, olamonga nega qo'shilibqolganligini bilmaslik holati
Do'stlaringiz bilan baham: |