Ijtimoiy-iqtisod fakulteti Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo'yicha Yo'nalishi 1-kurs 19. 121 guruh talabasi Marjona Ergasheva. Biz nechun sevamiz o’zbekistonni?
Download 106.14 Kb. Pdf ko'rish
|
Biz nechun sevamiz O'zbekistonni
Ijtimoiy-iqtisod fakulteti Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo'yicha Yo'nalishi 1-kurs 19.121 guruh talabasi Marjona Ergasheva. BIZ NECHUN SEVAMIZ O’ZBEKISTONNI? Vatan. Nima o'zi u?! Gavhardek tovlangan, kindik qonim to'kilgan, hali o'zim kimligimni bilmasimdan meni to'tiyo qilgan, ko'hna qilgan tuproqmi? Yoki ilk bor quloqlarimga chalingan va shu ondayoq mehr taftini his etgan onam allasimi? Ilm dargohim, mahallamiz, bag'ri keng va fayzli koshonammi? Menimcha hamma-hammasi mening vatanim! Eng muhimi u go'zal, yagona va muqaddas! Uning uchun hamisha borlig'imni berishga tayyorman... Mehribon va rahimli Yaratgan Egamga behad hamd- u sanolar hamda shukronalar bo'lsinki, Ollohning nazari tushkan O'zbekiston deb atalmish jannatmakon, tinch o'lkada dunyoga keldim. O’zbekiston—yuragim ko'zgusi, orzularim belanchagi, yuksaklarda porlab turgan umidim yulduzi, qalbimning kaliti, umrimning mazmuni va mening yerdagi jannatimdir. Quyosh o'z maskani bo'lmish osmonni tark etsada,ko'zlarimni yumsam ham, nursiz kunlarimda ham qalbimda Vatanim porlab turaveradi. Hamisha botmas quyosh singari umr yo'llarimni yoritib, hayotimga iliqlik baxsh etadi. Har bir inson dunyoga kelar ekan, hayotga bo'gan ikki muhabbatni his etadi:
Birinchisi, oilasi, yaqinlariga bo'lgan muhabbat; Ikkinchisi, Vataniga bo'lgan muhabbat. Bu tuyg'ular uni o'la-o'lgunicha qon-qoniga, jon- joniga singib ketadi. Har olgan nafasimda, har oqqan qonimda Vatanimga bo'lgan muhabbatimni, uning oldidagi burch va majburiyatlarimni his etaman. Uning mehri bilan bu yorug' olamda yosh nihol kabi, palak otib o'sib-unib, ulg'aymoqdaman. Ona vatanimiz O’zbekiston xushro'y jamoli, tayoq suqsa gullaydigan unumdor tuproqlari va mehridaryo insonlari bilan mashhur. Mening fikrimcha, dunyodagi eng mehmondo'st xalq o'zbek xalqidir. Chunki o'zbek xalqi uylarining eshiklari xuddi qalbining eshiklaridek doimo ochiq. Topgan-tutganini do'stu-yori, mahallasi bilan baham ko'radi. Dunyodagi eng go'zal maskan O’zbekistondir. Shvetsariyaning viqorli tog'lariyu, Niderlandiyaning go'zal bog’lari ham O’zbekistonning serquyosh yerlariga tenglasholmaydi. Axir meva- chevalarga to'lib-toshgan yozni, hammayoqni oltin rangga burkab, sokinli baxsh etadigan kuzni, qahraton bo'lsa-da insonlarga zavq baxsh etuvchi, ko'chalarni, bolalarning shodon qiyqiriqlari bilan to'ldiruvchi qishni, qalblarni muhabbatga limmo-lim etib, atrofga ajib bir takrorlanmas manzara baxsh etuvchi bahorni yana qayerdan topish mumkin?! Quyoshning sahiy nurlari va musaffo osmonni, daraxt barglarining yoqimli shitirlashiyu, qushlarning mayin sayrashiga boy bo'lgan
osoyishta tongni faqat va faqat O’zbekistondan topish mumkin.
Dunyodagi barcha madaniy xalqlarning shoirlari Vatan haqida, o'z yurtining go'zalligi borasida ko'p yaxshi she'rlar bitganlar. Yurt kuychisi bo'lmish Hamid Olimjon “O’zbekiston” she'rida Vatanimiz haqida shunday yozadi: Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. Chappar urib gullagan bog'in, O'par edim Vatan tuprog'in. Odamlardan tinglab hikoya O'sar edi shoirda g'oya. Daryolardan kuylab o'tardim, Ertaklarga quloq tutardim. Hammasini tinglardim, ammo, O'xshashini topmasdim aslo. O'xshashi yo'q bu go'zal bo'ston, Dostonlarda bitgan guliston– O’zbekiston deya atalur, Uni sevib el tilga olur. Hamid Olimjonning bu she'ridan ham shuni bilish mumkinki, bu yurtni sevmaslikning iloji yo'q. Quyosh sevgan yurt farzandi ekanligimdan baxtiyorman! Download 106.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling