Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti
Texnologik taraqqiyot va ularning turizm marshrutlariga ta’siri
Download 137.05 Kb.
|
Chet ellik olim sayohatchilarning marshrutlari
2.2 Texnologik taraqqiyot va ularning turizm marshrutlariga ta’siri
Turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO), xorijiy mamlakatlarning turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlari – turizm xizmatlari mintaqaviy va jahon bozorlarining faol ishtirokchilari bilan hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonning turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va bitimlardagi ishtiroki, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalari; respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi obyektlarini – mehmonxonalarni va joylashtirishning shu kabi vositalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va sport muassasalarini jadal rivojlantirish, asosiy turizm yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini jadal qurish va rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlarni keng jalb etish; xalqaro turizm rivojlanishi tendensiyalarini va zamonaviy marketing vositalari qo‘llanilishini hisobga olgan holda, raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ‘ibot qilish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va rivojlantirish, keng reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari va chet elda turizm vakolatxonalari ochish, Internet tarmog‘idan faol foydalanish, har yili Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish yo‘li bilan turizm sohasida mamlakatimizning turizm tarmog‘i uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Xalqaro turizm ko‘pgina konvensiyalar, xalqaro shartnom alar va bitimlar bilan tartibga solinadi. Dastlab turizm rivojlanishiga asos bo‘lgan, dam olish va bo‘sh vaqtning asosiy huquqlarini ta’minlash to‘g‘risidagi bitimga erishildi. 1948-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BM T) Bosh Assambleyasi tom onidan qabul qilingan inson huquqlari Umum jahon Dekleratsiyasining 24-moddasida shunday deyiladi: «H ar bir inson ish vaqtini oqilona chegaralanishi va har yilga pullik ta ’tilni olishi, dam olishi va bo‘sh vaqt huquqiga egadir». 1966-yil BMT Bosh Assambleyasi bu shiorni tasdiqladi va kengaytirdi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt (bitim )ga imzo chekkan davlatlar har bir insonning «dam olish, bo‘sh vaqt, ish vaqtini oqilona cheklash, davriy pullik ta ’tii hamda bayram kunlari uchun to ‘lov» huquqmi ta’minlash majburiyatini zimm alariga olganlar. Bu nizom lar turizm rivojlanishiga, xususan, xalqaro turizm rivojlanishiga turtki berdi. Xalqaro turizm ning jadal rivojlanishi turistik faoliyatni tartibga soluvchi me’yorlar o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Xalqaro turistik huquq tashkil topishining eng asosiy yo‘naiishlaridan biri term inologiya va ta’riflar to ‘g‘risidagi bitim tuzish edi. Turistik terminologiya ustida ishlash bilan M illatlar Ligasi statistika qo‘mitasi shug‘ullanadi va 1937-yil Xalqaro turizm atamasiga birinchi marta ta’rif beriladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ushbu m asalani ishlab ch iq ish bilan Rasm iy T u ristik Tashkilotlaming Xalqaro Ittifoqi shug‘ullanadi (International U nion o f Official Travel Organizations— IU O TO ). 1950-yil atam alarga ekskursant, tranzit turist tushunchalari kiritildi. 1954-yil esa BM T komissiyasi tom onidan turistga yangi ta ’rif berildi. Keyinchalik bu ta ’rif 1963-yil BM Tning xalqaro tu rizm va sayohat b o ‘y ich a Konferensiyasi (Turizm ta ’riflari bo‘yicha Rim Konferensiyasi)da to ‘la aniqlandi. 1976-yil BMT tom onidan birinchi m arta turistik atam alar ta ’riflari ro‘yxati nashr qilindi. Unda turistik statistika qoidalari uchun mo‘ljallangan deyarli barcha m uhim atam alar m avjud (P rovisional Guidelines on Internati nal Tourism . UNCTAD). Xalqaro ham jam iyatda turizm ning rivojlanishi to ‘g‘risidagi muhim hujjat 1975-yil 1-avgustda im zolangan Xelsenki bitim idir. Unda YYevropa xavfsizlik va ham korlik bo‘yicha Majlisining so‘nggi AKTi imzolanib, BMT qoshida Jahon Turistik Tashkiloti — JT T tashkil etildi. Ushbu tashkilotning asosiy m aqsadi - xalqaro ham jam iyatda turistik ayirboshlashni yengillashtiruvchi m e’yor va qoidalarni ishlab chiqish boldi. 1985-yil Jahon Turistik Tashkiloti (bundan buyon — JTT) Bosh Assambleyasining 6-sessiyasida «Turizm xartiyasi va turist Kodeksi» qabul qilindi. JTT m e’yoriy hujjatlarining katta qismi asosiy yetakchi tillarda chop etiladi (ingliz, nem is, fransuz, ispan, so‘nggi paytlarda xitoy va rus tillarida ham ). Bugungi kunda xalqaro turizm o ‘z faoliyatini asosiy xalqaro kelishuvlarga binoan olib boradi: Gaaga (1989-yiI, Gaaga, Niderlandiya) va Manila (1980-yil, M anila, Filippin) bitim lari, turizm vazirliklarining Osaka konferensiyalari yo‘riqnomalari (1994- yil, Osaka, Yaponiya). Hududiy qonunlar va m e’yoriy aktlami ham ta ’kidlab o‘tish muhim. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati ushbu ittifoqqa kiruvchi mam lakatlar turistik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bir qator qonunlar va m e’yoriy aktlar qabul qilgan. Masalan, yagona vizali hudud, turistik xizm atlar to ‘g‘risidagi Shengen shartnomasi (El Direktivasi № 90 G “ 134 13-may 1995-yil. «Turistik agentlik va mijoz o‘rtasida imzolanishi kerak bolgan namunaviy shartnoma», «Sayohat qilish shartnom asi bo‘yicha Xalqaro Konvensiya», 1970- yil 22-oktabrda FUAAV (FUAAV - turistik agentliklar uyushmasi Butunjahon Federatsiyasi) ning Bosh Assambleyasida qabul qilingan «Mehm onxona egalari va turistik agentliklar o ‘rtasida bitim lar tuzishga tegishli Xalqaro mehmonxona Konvensiyasi», 1979-yil 15- iyunda MGA FUAAV tom onidan qabul qilingan «Bojxona bojlarisiz savdo qiluvchi m agazinlar faoliyatini tartibga soluvchi me’yorlar» va hokazo. YoMovchilar va ularning yuklarini xalqaro havo, avtomobil va dengiz transportida tashish alohida tartibga solingan. Havo transporti Varshava Konvensiyasi bilan (1929-yil Varshavada qabul qilingan), avtomobilda yolovchilar va yuklarni tashish Berlin Konvensiyasi bilan (1975-yil, Berlin), dengiz transportida yo‘lovchilarni tashish esa Afina Konvensiyasi bilan boshqariladi. Mamlakatimizda turizm faoliyatiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy – huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmokda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taa’luqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya Vazirligining va boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda. Davlatning turizm sohasidagi siyosati davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Davlatning turizm sohasidagi siyosati – bu turizm industriyasini va turizm bozori sub’ektlarini (turoperatorlar va turagentlar) rivojlantirish, fuqarolarga turizm xizmat ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish hamda shu asosda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha davlat faoliyatidan iborat. Turizm siyosati O‘zbekiston Respubikasining barcha hududida amalga oshiriladi, avvalambor mintaqa alohida sub’ektlar darajasida, undagi mavjud bo‘lgan turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Davlatning turizm siyosati xalq xo‘jalik majmuasini rivojlantirish va aniq maqsadlarga erishish uchun turizm sohasi faoliyatiga davlat ta’sirining shakllari, usullari va ta’sir qilish yo‘nalishlarining yig‘indisidan iborat. Download 137.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling