Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o’rganishda statistik jadvallarni tuzish va tahlil qilish


Grafiklarning turlari va asosiy elementlari


Download 210.59 Kb.
bet3/4
Sana28.10.2023
Hajmi210.59 Kb.
#1730260
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o’rganishda statistik jadvallarni tuzish va tahlil qilish

4. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari


Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi.
Masalan, O‘zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu meyor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.
    • Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
    • Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyorga aytiladi. U o‘rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi.
    • Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bo‘ladi va, demak, shu miqdor deb o‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir (5.2-tarh).

shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;
chiziqchalar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar;
shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
0 10 20 30 40 50
2-tarh. Shkala (teng meyorli).

5. Chiziqli va yassi diagrammalar


Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo‘lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko‘rsatkichlari tasvirlanadi.
Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi.
Quyidagi ma’lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.

O‘zbekistonda 2009-2015 yillarda yetishtirilgan paxta va don yalpi hosili



Download 210.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling