Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish

Download 313.08 Kb.
bet2/5
Sana19.03.2023
Hajmi313.08 Kb.
#1284425
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish

Shuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va h.k.lar kompleksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bo’ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir- birlari bilan qo’shilib ketishi, o’z miqdori bo’yicha turlicha bo’lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, rezerv, valyuta, sug’urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba - mamlakat ichida va xorijda shu yilning o’zida yaratilgan qo’shilgan qiymat – hisobidan “oziqlanadi”.

Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YaIMning o’rtacha 30% dan 50% gachasini tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potentsial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir ko’rsatish zamonaviy davlat moliyasi miqdoriy xarakteristikasining o’ziga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, shuningdek, o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlar moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tegishli raqamlar YaIMga nisbatan 11-17% atrofida tebranadi va aynan shu raqamlarning o’zi davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning etarli darajada faol emasligidan dalolat beradi32

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling