Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish

Download 313.08 Kb.
bet3/5
Sana19.03.2023
Hajmi313.08 Kb.
#1284425
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish

Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tendentsiyalari to’g’risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz yuqoriga o’sib boruvchi to’g’ri chiziq sifatida namoyon bo’lmaydi. Chunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy sub’yektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib o’tishi”ning o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy chegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G’arbning nazariy bilimlari tegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqar-tirishning barcha yo’nalishlari tomon faol va muvaffa-qiyatli tarzda yo’naltirmoqda.

Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun esa kelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallel ravishda davlatning moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tegishli iqtisodiy “chegara”ga (kritik nuqtaga) etgunga qadar hali ancha bor.

Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to’liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.

Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mo’ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko’rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliyaviy tizim faoliyatining natijalarini o’zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o’zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo’qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.

Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo’yicha klassifikatsiya qilish mumkin.

Download 313.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling