OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI - TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Metodologiya - - bu inson faoliyatining mantiqiy tashkil etilishi bo‘lib, tadqiqotning maqsadi va predmetini, uni o‘tkazish bo‘yicha yondashuvlar va moljallarni, eng yaxshi natijani aniqlaydigan vositalar va usul (metod)larni tanlashni o‘z ichiga oladi.
- Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etish metodologiyasi
- Tadqiqot maqsadi va vazifalarini aniqlash
- Tadqiqot vositalari va metodlari
Tadqiqot obyekti - Umumiy ma’noda tadqiqot obyekti - bu qarama- qarshilikni o‘z ichiga olgan va muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan obyektiv voqelikning, hodisaning (jarayonning) bir qismi. Tadqiqot obyekti ijtimoiy- iqtisodiy tizimlar sinfiga tegishli boshqaruv tizimi, shuningdek unda sodir bo‘layotgan jarayonlardir.
- Tadqiqot predmeti - bu o‘rganilishi kerak bo‘lgan obyektning amaliyot va nazariya nuqtai nazaridan eng muhim xossalari, tomonlari, xususiyatlari.
- Tadqiqot predmeti tizimda yuzaga keladigan muammoli vaziyat, ya’ni ba’zi qarama-qarshiliklarni minimallashtirish yoki yengib o‘tish zarurati bilan bog‘liq.
- Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilishda tadqiqotchi obyekt sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizimni (tashkilotni) oladi va uning predmeti sifatida, uning u yoki bu boshqaruv va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, jarayonlari va holatlari namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotning maqsadi - Tadqiqotning maqsadi - bu uning yakuniy natijaga umumiy yo‘naltirilganligi.
- Maqsad tadqiqot muammolarini aniqlash va tanlash uchun asosdir.
- Tadqiqotning maqsadlari joriy va istiqbolli, umumiy
- va mahalliy, doimiy va epizodik bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |