Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etish metodologiyasi


Ilmiy tadqiqotning sifatiga quyidagi prinsiplarga rioya qilish orqali erishiladi


Download 1.95 Mb.
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1339145
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotlar maruza

Ilmiy tadqiqotning sifatiga quyidagi prinsiplarga rioya qilish orqali erishiladi:

  • maqsadga muvofiqlik prinsipi - tadqiqotlar amaliyotni takomillashtirish vazifalariga
  • muvofiq amalga oshiriladi;
  • obyektivlik prinsipi - tadqiqotdagi nazariy modellar real obyektlar va jarayonlarni
  • ko'p qirrali va xilma -xillikda aks ettirishi kerak;
  • amaliy yo'nalganlik prinsipi - tadqiqot natijalari amaliyotni, uni rivojlantirishning bir nechta yo'llari mavjud bo'lganda, tushuntirish, prognoz qilish va takomillashtirishga yordam berishi kerak.
  • tizimlilik prinsipi - tadqiqot natijalari ilmiy bilimlar tizimiga kiritiladi, mavjud ma'lumotlarni yangi axborotlar bilan to'ldiradi;
  • yaxlitlik prinsipi - obyektning tarkibiy qismlari ularning o'zaro aloqadorligi va o'zaro bog'liqligining ko'p o'lchovli tasviri dinamikasida o'rganiladi;
  • dinamizm prinsipi - o'rganilayotgan obyektlarning shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari, ularning ko'p jihatliligi va ko'p variantliligining obyektiv tabiati(xarakteri) ochib beriladi.

Gipoteza

  • Gipoteza - bu ma’lum bir oqibatni keltirib chiqaradigan sabab, o‘rganilayotgan obyektlarning tuzilishi va tarkibiy yelementlarning ichki va tashqi bog‘lanishlari xarakteri to‘g‘risida tekshirish va isbotlashni talab qiladigan taxmin (faraz).
  • Gipoteza – bu, shuningdek, ehtimoliy bilim, tushuntirish, tushunish - axborot yetarli bo‘lmaganida izohlash varianti.

Har qanday taxminni gipoteza deb bo‘lmaydi, balki ushbu taxminni ilgari surish uchun asos bo‘lgan bilimga tayanilgan taxminni aytish mumkin.

Gipoteza quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Ahamiyatlilik, ya’ni u tayangan dalillar bilan bog‘liqligi;
  • Tajriba yo‘li bilan tekshiriladigan, kuzatuv yoki eksperiment ma’lumotlari bilan taqqoslanadigan (tekshirilmaydigan gipotezalar bundan mustasno);
  • Mavjud ilmiy bilimlarga muvofiqlik;
  • Tushuntirish quvvatiga ega bo‘lish, ya’ni uning oqibatlarini tasdiqlovchi bir qator dalillar gipotezadan kelib chiqishi kerak. Ko‘pgina dalillar keltirib chiqaradigan gipoteza katta izohli kuchga ega bo‘ladi;
  • Soddalik, ya’ni unda asossiz taxminlar, subyektiv tabaqalanishlar bo‘lmasligi kerak.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling