III. Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularga xizmat ko‘rsatishni mustahkamlash
Aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish
|
3.1
|
Pensiya islohoti
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish:
pensiya tizimi tavakkalchiliklarini baholash, buning asosida amaldagi pensiya tizimini qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish va uni isloh qilishning salohiyatli variantlarini aniqlash;
Pensiya jamg‘armasining axborot tizimlarini baholashni o‘tkazish (to‘lovlarni yig‘ish va hisob yuritish, nafaqalarni to‘lash va kelishish, a’zolar bilan aloqa va boshqalar);
mehnat daftarchalarini raqamlashtirish bilan birgalikda pensiya ajratmalari va bandlikni hisobga olish tizimlarini modernizatsiya qilish;
pensiya tizimi barqarorligining o‘rta va uzoq muddatli prognozini ishlab chiqish, maqbul pensiya formulasini ishlab chiqish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil oktyabr
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil dekabr
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Qudbiyev),
Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev),
Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev)
|
3.2
|
Ijtimoiy kafolatlar tizimi
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi ijtimoiy kafolatlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ni ishlab chiqish:
ijtimoiy kafolatlar taqdim etish tizimini takomillashtirish uchun ijtimoiy registrni joriy etish;
kam daromadli oilalarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarni yagona maqsadli to‘lovlarga birlashtirish orqali ijtimoiy nafaqa tizimlarini jamlash;
islohotlar natijasida yuzaga keladigan joriy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, ijtimoiy himoya tizimlarining qamrab olinishini ta’minlash maqsadida ularning holati va darajasini muntazam ko‘rib chiqish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil avgust
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil sentyabr
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi
(Kudbiyev),
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev)
|
3.3
|
|