Tadbirkorlik muhitidagi islohotlar
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon bankining “Biznes yuritish” uslubi asosida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash:
tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan har bir yo‘nalish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish (qurilishga ruxsat olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish, xalqaro savdo, bankrotlikka ruxsat va boshqalar);
normativ bazaga o‘zgartirishlarni o‘z vaqtida amaliy kiritish samarali mexanizmlarini joriy etish;
kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarining xabardorligini oshirish, tadbirkorlar bilan “qayta aloqa”ni o‘rnatish orqali ularning takliflarini muhokama qilish mexanizmini yaratish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil fevral
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil aprel
|
Asosiy ijrochi:
LBMA (Li)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev),
Savdo-sanoat palatasi
(Ikromov),
Davlat raqobat qo‘mitasi
(Sharipov),
Moliya vazirligi
(Xaydarov),
Qurilish vazirligi
(To‘xtayev),
Tashqi savdo vazirligi
(Xo‘jayev),
Oliy sud
(Kamilov),
Adliya vazirligi (Davletov)
|
2.8
|
Investitsiya muhitini takomillashtirish
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish:
jahonning ilg‘or amaliyotini inobatga olgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar strategiyasi va Investitsiya kodeksini qabul qilish;
xorijiy investitsiyalarni, avvalam bor, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli masalalarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rish;
xorijiy investorlar bilan ishlashning institutsional bazasini yanada takomillashtirish;
maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini oshirish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil fevral
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil mart
|
Asosiy ijrochi:
Davlat investitsiya qo‘mitasi (Kudratov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev),
Savdo-sanoat palatasi
(Ikromov),
Tashqi savdo vazirligi
(Xo‘jayev),
Adliya vazirligi (Davletov)
|
|