3-MAVZU.
IJTIMOIY-IQTISODIY
TIZIMLAR
VA
MULKCHILIK
MUNOSABATLARI
Iqtisodiy munosabatlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli
bosqichlarida oʻziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda oʻzgarishsiz
qotib turmaydi. Ular doimo oʻzgarib, rivojlanib boradi. Shunga koʻra, mazkur mavzuda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga boʻlgan turlicha yondashuvlar, ishlab
chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil koʻrib
chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari koʻrsatib beriladi.
Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir boʻladi.
Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy
mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarining oʻzgartirish yoʻllari
va usullari kabi masalalarga alohida oʻrin ajratiladi.