Ijtimoiy-iqtisodiy
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
Ishlab chiqarish usuli Ustqurma Ishlab chiqarish munosabatlari Ishlab chiqarish vositalari - mulkchilik - ishlab chiqarish - taqsimot - ayirboshlash - iste’mol munosabatlari va boshqalar siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, оilaviy vа bоshqa ijtimoiy munosabatlar Ishlab chiqaruvchi kuchlar Ishchi kuchi
«Sivilizatsiya» soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga frantsuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – ikki asr oldin kiritilgan boʻlib, tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan. Umuman olganda tsivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi. Jamiyat taraqqiyotini tsivilizatsiya nuqtai-nazaridan oʻrganishda tsivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi muhim oʻrin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat tsivilizatsiyani ajratib koʻrsatadilar: 1) davomiylik muddati 30-35 asrni oʻz ichiga olgan neolit davri; 2) davomiylik muddati 20-23 asrni oʻz ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri); 3) davomiylik muddati 12-13 asrni oʻz ichiga olgan antik davr (temir asri); 4) davomiylik muddati 7 asrni oʻz ichiga olgan erta feodal davri; 5) davomiylik muddati 4,5 asrni oʻz ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr; 6) davomiylik muddati 2,5 asrni oʻz ichiga olgan industrial davri; 7) davomiylik muddati 1,3 asrni oʻz ichiga olgan yuqori industrlashish davri. 1
yondashuvlarni aralashtirish holatiga yoʻl qoʻyilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida roʻy berayotgan oʻzgarishlar koʻlami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling