Ijtimoiy iqtisodiyot
O’zbekistonda iqtisodiy islohatlar bosqichlari
Download 52.79 Kb.
|
tolipov Abduqodir iqtisodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishningbirinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi
O’zbekistonda iqtisodiy islohatlar bosqichlari Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlaming alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri - ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.1980-1990-yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalami qaytadanko‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqt-dan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqari g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yoilarini qidirib toppish zarur boiib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlaming tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yoini tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoilari (modellari) xilma-xil boiib, ulaming umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yoilari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga boiinadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yoii; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yoii; 3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yoii. Bu yoilar turli tuman va har xil boiishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ulaming umumiyligi shundaki, bu yo’llaning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy boiadi. Shu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil boiishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yoiida oddiy tovarxo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.Mustamlakachilikdan ozod boiib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoiining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir.Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yoiining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir Bu yoining boshqa yoilardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlaming o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni ma’muriy buyruqbozlik prinsiplari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ularga bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o‘tish yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bulaming barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘Harming o‘ziga xos xususiyatlaridir. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo‘l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo‘l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlami o‘tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlami birdaniga va batamom sindirish ya’ni, to‘ntarish yasash talab etilib, n«karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb nom oldi. Eski iqtisodiy munosabatlami bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, larzalarsiz, shikastsiz samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion yo‘l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlaring milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ulami amalga oshi-ruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo1Ma’muriy-buymqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita muhim kamchilikka ega: 1) uning moslashu vchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi; 2) mehnatkashlarda moddiy qiziqish va xo'jalik yuritish tashabbuskorligining yo‘qligi oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) tub o‘zgarishlami o‘z ichiga oladi, biroq,bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlariniamalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tiziminio‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan,bunday turdagi o‘zgarishlami tizimiy islohotlar deb atash maqsadgmuvofiq bo‘ladi.0 ‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiyyo‘nalishlari boiib quyidagilar hisoblanadi: Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo‘jalikhayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yokibekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilami o‘z ichiga oladi: xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; - resurslaming markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; - narxlaming asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. 2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlaming amalga oshirilishini taqozo etadi: - barcha iqtisodiy agentlaming ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; - bozorga xorijiy raqobatchilaming ham kirishi uchun imkon berilishi; - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qoilab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish; - tabiiy monopoliyalaming narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar. 3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalami qamrab oladi: - mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektomi yaratish; - bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimin yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar. 4. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklami yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda toiovga qodir talabga mos boigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat. 5. Iqtisodiyotni -modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlami o‘z ichiga oluvchi jarayon. Diversifikatsiya - ishlab chiqarish ning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlami sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ulaming sifatini takomillashtirish. 6. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi. 7. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo‘llab-quwatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan. Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga yetishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi. Iqtisodiy nazariyada ko`pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch ko`rinishi ko`rsatiladi: an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi.Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Markazlashgan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsada, turli mamlakatlar turli yo‘llami tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyusion va evolyusion yo‘llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. 0 ‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlami hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusio to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. «Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivoj-lanish yo‘li xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, in son manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat boigan qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda» 0 ‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo’li ijtimoiy-yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘1 boiib, puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan islo qilishga qaratilgan “o‘zbek modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yoii edi. Bu yoini amalga oshirishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: - iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini ta’minlash; - o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi boiishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi; - bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish; - bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillaming hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ulaming ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlami tayyorlash uchun vaqt kerak boiadi. Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning ma’no-mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar - islohot uchun emas, awalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini buzmang” degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o‘rtasida keng yoyilib, qo‘llab-quwatlanayotgani bejiz emas, albatta» Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman, mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi jadal rivojlanishi misolidao‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog‘li bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy maishiy va boshqa sohalami ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bulaming hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami,ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishningbirinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi: - totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; - Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantiris Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: - o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash; - mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; - ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Download 52.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling