Ijtimoiy iqtisodiyot
Aholi daromadlarining turlari, tarkibi va
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
1.2. Aholi daromadlarining turlari, tarkibi va
shakllanish manbalari Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy farovonligining eng muhim ko‘rsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo‘lib, aholi turmush darajasining markaziy bo‘g‘ini, yadrosidir. Daromad deganda nimani tushunish, ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. ―Daromad‖ tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani ko‘rsatadi. Bu o‘rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi. Dastlabkisi sifatida aholi shaxsiy daromadlarining quyidagi ta‘riflarini keltirish mumkin. Shaxsiy daromadlar – bu inson tomonidan pul va natural shaklda olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini ta‘minlash uchun foydalaniladigan mablag‘lar majmuidir. Agar ―shaxsiy daromadlar‖ ta‘rifida biz ularning shakllanish manbalarini ta‘kidlasak, unda u quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi. Shaxsiy daromadlar – fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to‘lovi qo‘yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog‘liq barcha pul va tabiiy tushumlar yig‘indisidir. Iqtisodchilar shaxsiy daromad manbalarini turlicha talqin qiladi, biroq umumiy xulosa shuki, har bir ishlab chiqarish omili shaxsiy daromadlarning muayyan turi bilan bog‘liq. Omillar nazariyasiga muvofiq daromad turlari. Omillar nazariyasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardir: – tabiiy boyliklar (yer va tabiiy boyliklar); – investisiya boyliklari; 20 – mehnat; – tadbirkorlik faoliyati. Har bir sanab o‘tilgan omillarga daromad – renta, foyda, ish haqi, tadbirkorlik daromadining boshlang‘ich shaklini oladi (1.2-rasm). Asosiy ishlab chiqarish omillari Dastlabki daromadlar Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling