Ijtimoiy iqtisodiyot
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
Xususiy aksiyalarni sotib olish usuli. Agar to‘lovlarning zarur miqdorini
belgilash bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil natijalariga ko‘ra korxonada taqsimlanmagan foyda qolsa, unda bo‘sh mablag‘larni o‘z iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida qandaydir loyihaga investirlash imkoniyati bo‘lmagan vaziyat yuzaga keladi. Bu holda, agar aksiyalarning bozordagi narxi ancha past bo‘lsa, xususiy aksiyalarni sotib olish tashkil qilinadi va bu bilan dividend to‘lanuvchi qimmatli qog‘ozlar miqdori qisqaradi, va shunday ekan, bitta aksiyaga to‘lovlar miqdori 34 oshadi. Bundan keyin bu qimmatli qog‘ozlar xarid narxidan ortiq bo‘lgan narx bo‘yicha tag‘in sotilishi mumkin. Aksiyalarni taqsimlash va birlashtirish usuli. Taqsimlash – bu aksiyaga foydaning hisob qiymatini maydalash bo‘lib, u aksiyaning kurs narxi o‘zgarishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Taqsimlash operasiyalarini amalga oshirish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, yangi aksiyaning narxi haqiqatan necha marta bo‘lish bajarilgan bo‘lsa, to‘ppa-to‘g‘ri shuncha marta kamaymaydi. Ularning narxi, ehtimol yangi aksiyalar likvidliligining oshishi hisobiga birmuncha oshadi. Birlashtirish samarasi qiyinroq bashorat qilinadi. Aksiyaning kurs qiymati qaysi tomonga o‘zgarishini darrov aytish mumkin emas. Doimiy to’lovlar va ekstradividendlar usuli. Bu usulda aksioner har qanday holatda u unga ma‘lum minimumni olishini biladi. Shu bilan birga, agar AJda qo‘shimcha to‘lovlar imkoniyati bo‘lsa, unda u albatta amalga oshadi. Bu usulning o‘ziga xosligi shuki, AJ rahbariyati tomonidan ―ekstrato‘lovlar‖ uchun tanlangan payt ma‘lum darajada aksionerlar uchun kutilmagan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, dividend siyosatini ishlab chiqishda AJ moliyaviy ahvoli va rivojlanish istiqbollariga bog‘liq ravishda barcha ishtirokchilarning manfaatlarini hisobga olib, dividend to‘lovlarining har xil variantlaridan mohirona foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon nazariyasi va amaliyoti dividend siyosati ko‘rsatkichlarini hisoblash sohasidagi ham sodda, ham samarali amaliy formulalarning ko‘pchiligiga ega. Ulardan ba‘zilari olingan manbalarga dalillar bilan quyida ko‘rsatilgan. Bitta aksiya foydaliligi korxona o‘z-o‘zini moliyalash tartibida ishlayotganda hisoblaniladi va u quyidagi formula orqali topiladi: OA tax P EPS / ) 1 ( ) ( , (1.4); Bu yerda: P – soliqqa tortishga qadar foyda; tax – foydadan soliqqa va boshqalarga ajratmalar darajasi; OA – oddiy aksiyalar miqdori. 35 Agar korxona o‘z faoliyatida zayom mablag‘laridan foydalansa, unda hisob formulasi bir muncha murakkablashadi: ОА ПК r tax P EPS n / ] ) 1 ( [ ) ( , (1.5); Bu yerda: t – jalb qilingan mablag‘lar xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarning daraja foizi; PK – jalb qilingan mablag‘larning o‘rtacha qiymati. Agar aksiya kursini aniqlash kerak bo‘lsa, unda u soddaroq chizma bo‘yicha aniqlanishi mumkin: Aksiya kursi (K) = (Bitta aksiyaga dividend/Ssuda foizi me’yori)*100 Agar bitta aksiyaga daromadni aniqlash talab qilinsa, u holda quyidagicha aniqlanadi: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling