Ijtimoiy iqtisodiyot
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
I-BOB bo‘yicha xulosa
1. Bozor iqtisodiyoti taqsimlash munosabatlari sohasidagi sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazariy jihatdan qayta tushunishni talab qiladi. Bu eng avvalo, ―aholi daromadlari‖ tushunchasining ta‘rifi, uning tabaqalanishiga va yuzaga kelgan aholi tabaqalanishiga, aholining turmush darajasidagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlarini kuzatib borishga, aynan bir xil davlat daromadlar siyosatini o‘tkazish asosida 50 daromadlarning yuzaga kelishi va o‘sishi masalalarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. 2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: – birinchidan, daromadlar shakllari o‘zgardi, ya‘ni an‘anaviylariga (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko‘chmas mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi; – ikkinchidan, daromadlarning miqdor va sifat tarkibiy qismlari o‘zgardi, haqiqiy egalik qilinayotgan daromadlar, to‘planish va ajralish koeffisiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, aholi pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi xususiyatlar paydo bo‘ldi. – uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishlari qo‘shildi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasini, qimmatli qog‘ozlarni, shaxsiy mulkni sotib olishga xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar. 3. Tadbirkorlik daromadi tadbirkorlik qobiliyati va uddaburonligiga bog‘liq. Bu daromad tadbirkor tomonidan quyidagi vazifalar bajarilganligi uchun uning mukofotidir: sarmoya, mehnat va tabiiy boyliklarning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning bir butun jarayoniga birlashtirilishi; u tomondan firmaning boshqarilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi; yangi mahsulotlar, texnologiyalarning kiritilishi; qo‘yilgan boyliklarga tegishli xavf. 4. Davlatning ijtimoiy ko‗rsatkichlari bilan bir qatorda uning sifat xususiyatlarini ifodalashning miqdoriy indikatorlari ham mavjud bo‗lib, ularga turli indeks va standartlar kiradi. Miqdoriy ijtimoiy ko‗rsatkichlar nafaqat qiyosiy ahamiyatga ega va ijtimoiy siyosat me‘yorlari vazifasini bajaradi, balki sifatning rivojlanish yo‗nalishlari hamda tarkib darajalarini belgilovchi omillar ham hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling