Ijtimoiy iqtisodiyot
Aholining iste’moli tarkibidagi o’zgarishlar tahlili
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
2.2. Aholining iste’moli tarkibidagi o’zgarishlar tahlili Aholi turmush darajasi yalpi iste‘mol ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Iste‘mol deganda, insonlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirilish jarayoni tushuniladi. Iste‘molning maqsadli funksiyasi chegaralangan resurslar sharoitida iste‘molning umumiy darajasini oshirish bilan alohida ehtiyojlarni qondirishni maksimumlashtirishdan tarkib topadi. Iste‘mol ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining pirovard fazasi va ajralmas qismini aks etadi. Uy xo‘jaliklarining pirovard iste‘moli ishlab chiqarish iste‘moli bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ijtimoiy ishlab chiqarish bilan dialektik yagonalikda bo‘ladi. Iste‘mol tarkibi - bu xarajat elementlari yoki natural iste‘mol turlari, bevosita berilgan mahsulot turi uchun xarakterli bo‘lgan birlikda yoki qiymat ko‘rinishidagi o‘zaro munosabatidan iborat. Xarajatlar tarkibiga esa aholi iste‘moli madaniyatining muhim tavsifi hisoblanadi va unda aholining yashash qiymati bilan uy xo‘jaliklarining moddiy pulli imkoniyatlari nisbati aks etadi. Aholi daromadlarini va iste‘molini tahlil qilishdagi asosiy birlik bo‘lib uy xo‘jaliklari olinadi. Makroiqtisodiy darajada uy xo‘jaliklari sektori iste‘molchilar guruhiga tegishli bo‘ladi. Mikroiqtisodiy darajada uy xo‘jaliklari - bu aholi uchun iqtisodiy qarorlar qabul qiladigan darajadagi birlikdir. Aksariyat hollarda aholi 60 turmush darajasi haqida fikr yuritganda aholi jon boshiga iste‘mol qilingan milliy daromad ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Iste‘mol miqdori va tarkibi aholi turmush darajasini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichdir. Iste‘mol darajasi. tarkibi va o‘zgarnshi bilan tavsiflanib, iste‘mol qiymat va natural ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi. Iste‘mol zarur maxsulotlar va xizmatlarni sotib olish uchun ketadigan xarajatlar bilan bevosita bogliq va aksariyat hollarda ular yordamida baholanadi. Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xujjatlarida iste‘mol xarajatlari aholi jamg‘armalari bilan birgalikda daromadlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Jamg‘armalarni tadqiq etish iste‘molni tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqiladi. Aholi iste‘molini tadqiq etishda quyidagi iqtisodiy kategoriyalar mohiyatini yoritish lozim: 1. Uy xo‘jaliklarining haqiqiy pirovard iste‘moli (iste‘molga ketadigan xarajatlarni to‘liq tavsifi o‘z ichiga iste‘mol tovar va xizmatlarni sotib olishga ketgan xarajatlarni, shuningdek, uy xo‘jaliklarining davlat boshqaruv organlaridan va notijorat tashkilotlaridan tekinga naturadagi ijtimoiy transfert ko‘rinishida olingan tovar va xizmatlarning qiymatidan iborat. 2. Uy xo‘jaliklarining pirovard iste‘moliga xarajatlar. Iste‘molda tovarlar va xizmatlarni sotib olishga ketadigan xarajatlar, shuningdek, o‘zi uchun ishlab chiqarilgan natural shakldagi shaxsiy tomorqa xo‘jaliklaridagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda turli ko‘rinishdagi yordam va ish haqi sifatida olingan tovar va xizmatlar iste‘molidan iborat. Aholini pullik xarajatlari va jamg‘armalari tarkibiga tovar va xizmatlarni sotib olishga ketadigan xarajatlar, majburiy to‘lovlar va turli soliq, yig‘imlar, sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar, tovar krediti uchun foizlar, xorijiy valyutani sotib olish, qo‘yilmalardagi va rasmiy qog‘ozlardagi jamg‘armalarning o‘sishi kiradi. 61 Ushbu jamg‘arishning maqsadi to‘y qilish, imorat qurish, o‘limlik uchun pul yigish va boshqa omillarga bog‘liq. Aholi xarajatlari dastlab oziq-ovqat, kiyim - kechak, turar-joy, transport va boshqalarga sarflanadi. Jahon amaliyotida turmush darajani umumlashtiruvchi indikatorlaridan biri sifatida oila byudjetidagi oziq-ovqat xarajatlari ulushi foydalaniladi. AQShda iste‘mol savatini hisoblashda uy xo‘jaliklarining umumiy xarajatidan 1/3 hajmda oziq-ovqatga xarajatlar ulushi kiritiladi. Ammo, shuni nazarda tutish kerakki, o‘rtacha Amerika oilasida oziq-ovqatga haqiqiy xarajatlar hamma iste‘mol xarajatlarining 15% idan oshmaydi. Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida oziq-ovqatga xarajatlar 16-20%ni tashkil qiladi. Iste‘molning umumiy hajmida uzoq muddatga foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlar ulushining yuqoriligi aholining turmush darajasi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti darajasining yuqoriligidan dalolat beradi. Respublikamizda aholi xarajatlari tarkibi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi (2.3- jadval). 2.3-jadval Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling