Ijtimoiy iqtisodiyot
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
2.2-jadval O’zbekistonda aholi yalpi daromadlarining tarkib jihatidan o’zgarishi, %* Ko’rsatkichlar 2008 y. 2009 y. 2010 y. 2011 y. 2012 y. Jami daromadlar 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 Pullik daromadlar 82,2 83,8 85,0 86,8 82,8 Ish haqi 28,6 29,6 30,2 29,4 23,2 Tadbirkorlik daromadi 32,4 34,0 33,2 36,4 39,7 Ijtimoiy transfertlar 15,7 15,9 17,4 14,8 13,3 Boshqa daromadlar 5,5 4,3 4,2 5,8 4,7 Natural shakldagi daromadlar 17,8 16,2 15,0 13,6 17,2 * Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida tuzildi. 2.2-jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2008-2012 yillar mobaynida aholi daromadlari tarkibida pullik daromadlarning ulushi 82,2 foizdan 82,8 foizgacha, natural shakldagi daromadlar esa 17,8 foizdan 17,2 foizgacha kamaygan. Shuni alohida qayd qilish lozimki, 2012 yilda respublika aholisi pul daromadlari 798934.8 mlrd.so‘mni tashkil etgan. 55 2012 yilda umumiy pul daromadlarining salmoqli qismi, ya‘ni 33%ini ish xaqidan keladigan pul daromadlari tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 1907 mlrd.so‘mga va 30%ga oshgan. Ijtimoiy transfertlar, ya‘ni pensiya, nafaqalar, stependiyalar 3106 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu esa umumiy pul daromadlarining 16,0 %idan iborat. Ijtimoiy tranfertlar 20112 yilda 2011 yilga nisbatan 908 mlrd.so‘mga yoki 29,0 %ga oshgan. Shuningdek, dehqon xo‘jaligi mahsulotlari sotishdan tushadigan tushum ham pul daromadlarining salmoqli qismini tashkil etgan, ya‘ni bu daromad 2012 yilda 4020 mlrd.so‘mni tashkil etgan, bu esa yalpi pul daromadlarining 21%idan iborat. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishdan tushgan tushum 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 646 mlrd.so‘m va 16% ga oshgan. Tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar 2011 yilda 4267 mlrd. so‘mni, 2012 yilda esa 5493 mlrd.so‘mni tashkil etgan hamda 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 1229 mlrd.so‘mga va 22%ga oshgan. Yalpi daromadlar tarkibida pul daromadlari ulushining ortishi aholini to‘lov qobiliyatiga ta‘sir qiladi. Uy xo‘jaliklari byudjeti tahlillari natijasiga ko‘ra, yalpi daromadlar tarkibida pul daromadlarining ulushi 2011 yildagi 85,2% dan 2008 yilda 87,7%ga ortgan. Natural ko‘rinishdagi daromadlar mos ravishda 18,7%dan 17,2% gacha qisqardi. Bunday tendensiya mehnatga haq to‘lashning ortishi hisobga qishloq aholisining daromadlari, ijtimoiy transfertlarning, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan tushgan daromadlarning ortishi hisobiga yuz berdi. Qishloq aholisining pul daromadlari oshishining asosiy omillari quyidagilardir: a) fermer xo‘jaliklariga e‘tibor bergan holda qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish tizimining takomillashtirilishi; b) barcha mulk shakllarida ayniqsa, dehqon xo‘jaliklarida mahsulot xosildorligining oshganligi; v) uchdan ikki qismi qishloq joylarida istiqomat qiluvchi kam ta‘inlangan oilalarni aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchayganligi. 56 Shu bilan birga, shahar va qishoq aholisining pul va pul ko‘rinishida bo‘lmagan daromadlari o‘rtasidagi sezilarli darajasidagi farqi saqlanib qolmoqda. Shahar aholsining natural ko‘rinishdagi daromadlari 2012 yilda 8,2% ni (2011 yilda 11,7%) tashkil etdi. Iste‘molchi qondirishdagi natural ko‘rinishidagi daromadlarning ta‘sirini ustunligi qishloq aholisida saqlanib qolmoqda, shahar aholisining yalpi daromadlarining 40%ini ish haqi tashkil etmoqda. 2012 yilning birinchi yarmida qishloq joylarda yosh oilalarga qoramol sotib olish uchun 4,5 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarning ortishi aholi pul daromadlari ulushi ortishining asosiy pul omili bo‘ldi. Byudjet tashkilotlari va idoralari ishchilarining ish xaqlari oshirishga, pensiya, ijtimoiy to‘lovlar, stependiyalarni oshirishga qaratilgan davlat siyosati va ―Yoshlar yili‖ maqsadli dasturining amalga oshirilishi ish haqining 18,0% ga, ijtimoiy transfertlar ulushining ortishi (40,9% ga) aholining turli ijtimoiy qatlamlari orasidagi daromad farqining kamayishi ta‘minladi 1 . Shu bilan birga, aholi daromadlarini ortishini quyidagi rasm dan ham ko‘rishimiz mumkin (2.3-rasm). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling