Ijtimoiy iqtisodiyot
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
II-БОБ бўйича хулоса 1. Aholi daromadlari iqtisodiy kategoriya sifatida bir tomondan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat o‘rtasida, ikkinchi tomondan, uy xo‘jaliklari va individlar o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymat qismini o‘zlashtirish, taqsimlash va qayta taqsimlash borasida yuzaga keluvchi umumiy munosabatlarni ko‘rsatadi. 2. bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: – birinchidan, daromadlar shakllari o‘zgardi, ya‘ni an‘anaviylariga (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko‘chmas mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi; – ikkinchidan, daromadlarning miqdor va sifat tarkibiy qismlari o‘zgardi, haqiqiy egalik qilinayotgan daromadlar, to‘planish va ajralish koeffisiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, aholi pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi xususiyatlar paydo bo‘ldi. 3. Tahlillarimiz ko‘rsatishicha, aholi iste‘mol darajasiga va tarkibiga ta‘sir qiluvchi omillarga quiidagilarni kiritish mumkin: aholi daromadlar darajasi; iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakat milliy boyligi hajmi; YaIM dagi aholining pirovard iste‘moli ulushi; aholining demografik tarkibi; mol-mulk bilan 72 ta‘minlanganlik darajasi; tabiiy iqlim sharoitlari, ijtimoiy infratuzilmani rivojlanish darajasi.. 4. Aholi iste‘mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat ulushining xajmiga ta‘sir ko‘rsatuvchi qator korrelyasion bog‘liqliklar mavjud: – oziq-ovqat harajatlari hajmi bilan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik; – aholi jon boshiga sarflanadigan harajatlarda oziq-ovqat miqdori bilan boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik; – pul daromadlaridagi jon boshi hisobiga oziq-ovqat harajatlari bilan shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan tushumlar o‘rtasidagi bog‘liqlik; – aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadda oziq-ovqat xarajatlari ulushi, oila hajmi, bolalar ulushi va ayollar ulushi o‘rtasidagi bog‘liqlik. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling