Ijtimoiy iqtisodiyot
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
2.4-jadval O’zbekiston hududlarida pul daromadlari va xarajatlari dinamikasi, %* Hududlar Pul daromadlari Pul xarajatlari Daromadlarning xarajatlarga nisbatan farqi 2004 y 2012 y 2004 y 2012 y 2004 y 2012 y O‘zbekiston 100,0 100,0 96,1 98,2 3,9 1,8 Qoraqalpog‘iston 3,8 3,45 3,0 2,6 0,8 0,85 viloyatlar: Andijon 10,4 7,37 10,5 7,1 -0,1 0,27 Buxoro 5,5 5,89 5,1 5,05 0,4 0,84 Jizzax 2,2 2,39 2,1 1,99 0,4 0,4 Qashqadaryo 6,8 6,39 5,8 4,97 1,0 1,42 Navoiy 3,8 4,97 2,8 3,37 1,0 1,6 Namangan 5,5 5,6 5,4 5,03 0,1 0,57 Samarqand 7,7 7,3 7,5 6,75 0,2 0,55 Surxondaryo 4,9 5,48 4,0 4,55 0,4 0,43 Sirdaryo 1,9 1,96 1,7 1,69 0,2 0,27 Toshkent 9,2 9,05 9,6 8,56 -0,4 0,49 Farg‘ona 10,9 8,65 11,1 8,2 -0,2 0,45 Xorazm 4,2 3,93 3,7 3,8 0,5 0,13 Toshkent sh. 22,7 27,9 27,6 34,4 -4,9 -6,91 * Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida tuzildi. Aholi iste‘molining muhim tavsiflaridan biri iste‘mol byudjeti xisoblanadi. Iste‘mol byudjeti nazariy jihatdan olib qaralganda iste‘molning etalon me‘yoridan kelib chiqib quriladi. Bu minimal yoki rasional iste‘mol byudjeti bo‘lib, aholini turli daromadliligi va ijtimoiy demografik guruhlarining yuqori va quyi turmush darajasiga muvofiq keluvchi tushunchalardir. Amaliyotda aniq uy xo‘jaliklarini iste‘mol byudjeti ko‘rib chiqiladi. Odatdagi sharoitda insonlarning iste‘moli oilaviy byudjetda mablag‘larning cheklanganligi bois yetishmaydi. Oila byudjetida cheklangan chegaradan o‘tishga harakat qilish inson mehnat faoliyatidagi muhim motiv hisoblanadi. Iste‘molchilar 64 oldida cheklangan byudjetni taqsimlash jarayonida ikki vazifa turadi: a) iste‘mol va jamg‘arish o‘rtasida; b) turli xil tovarlarning turlari bilan xohish istaklar o‘rtasida. Iste‘mol xarajatlari tarkibida aholining oziq-ovqat xarajatlari (2004 yilda 56,9%dan 2012 yil 53,7%ga) qisqardi. Nooziq-ovqat xarajatlari (2004 yilda 23,7% dan 2012 yil 25,3%ga) va xizmatlar (2004 yilda 12,8%dan 2012 yil 16,1%ga) xarajatlari xam oshdi. Bu tendensiya bir tomondan yaxshi, ammo boshqa tomondan olib qaralganda aholi o‘zining joriy daromadlarini inflyasiyadan saqlab qolish uchun banklarga nisbatan pul jamgarmalarni ko‘proq qo‘zg‘almas mulklarga, tovarlarni sotib olishga pul mablag‘larini joylashtirishni ishonchli deb qaramoqdalar. Bu so‘zsiz aholini xarid qilish tarkibida o‘z aksini topgan. Iste‘molchilarning aksariyat qismi to‘lov qobiliyati yuqori emasligini hisobga olib, umuman aholining o‘rtacha zarur bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak va h.)ni harid qilish bilan bog‘liq. Jahonda agar iste‘mol xarajatlaridagi oziq-ovqatlar xarajatlari ulushi 50% dan yuqori bo‘lsa, bu mamlakat kambag‘al hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida aholi pul xarajatlari tarkibida respublikada ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin. Iqtisodiy muvozanat nazariyasi nuqtai nazaridan, ya‘ni talab va taklifning muvozanatlashuvida narxlarning o‘zgarishi hisobiga ro‘y beradi. Ushbu holat kam daromadli aholining iste‘moli qisqarishiga, iste‘mol tarkibining deformasiyalashuviga va bozorda arzon assortimentdagi tovarlar sotilishining ko‘payishiga olib keladi. Ushbu holat narxlarni boshqarish siyosatini tartibga solishda juda ehtiyotkorlik bilan egiluvchanlik chora-tadbirlar amalga oshirishni taqozo etadi. Aholi iste‘mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat ulushining xajmiga ta‘sir ko‘rsatuvchi qator korrelyasion bog‘liqliklar mavjud: – oziq-ovqat harajatlari hajmi bilan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik; 65 – aholi jon boshiga sarflanadigan harajatlarda oziq-ovqat miqdori bilan boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik; – pul daromadlaridagi jon boshi hisobiga oziq-ovqat harajatlari bilan shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan tushumlar o‘rtasidagi bog‘liqlik; – aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadda oziq-ovqat xarajatlari ulushi, oila hajmi, bolalar ulushi va ayollar ulushi o‘rtasidagi bog‘liqlik. Aholi iste‘mol xulkiga bevosita daromadlar darajasi, narxlar va iste‘mol bozorining holati ta‘sir ko‘rsatadi. Bozorning to‘yinganligi, tovar aylanmasi, tovar va xizmatlarning ulgurji narxlari ishlab chiqarishning samaradorligi va ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi bilan aniqlanadi. Iste‘mol bozorining to‘yinishini import qilinadigan iste‘mol tovarlari ham ta‘minlaydi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling