Ijtimoiy iqtisodiyot
O’zbekiston aholisining pul xarajatlari tarkibi
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naqd pul qoldigi
O’zbekiston aholisining pul xarajatlari tarkibi
(pul daromadlarga nisbatan % da) Yillar Aholining pul daromadlari Iste’mol xarajatlari Majburiy to’lovlar Banklarga qo’yilgan pullar, sotib olingan qimmatli qog’ozlarva valyutalar Naqd pul qoldigi 2005 100 85,5 8,4 2,2 3,9 2006 100 85,2 9,1 2,7 2,9 2007 100 82,4 7.5 8,6 1,5 2008 100 78,7 7,8 9,2 4,3 2009 100 77,1 7,7 14,2 1,0 2010 100 73,1 7,7 17,2 2,0 2011 100 73,6 6,9 17,3 2,2 2012 100 73,5 6,7 18,0 1,8 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma‘lumotlari. 2.3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2001-2008 yillarda aholi pul daromadlarining o‘sishi aholi xarajatlari tarkibidagi ijobiy xarajatlari ulushi 2001 yilda 85,5% dan 2008 yildagi 73,5%ga pasaydi va axolining banklardagi 62 qo‘yilmalari va qimmatli qog‘ozlarni sotib olish ko‘rinishidagi jamg‘armalari 2001 yilda 2,2%dan 2008 yil 18,0%ga o‘sdi. Aholi pul daromadlaridagi iste‘mol xarajatlarining pasayishi bu ijobiy holatdir. Agar aholining iste‘mol xarajatlari oshib borsa, bu mamlakatda aholining turmush darajasi pasayayotganligidan, aholi daromadlarining aksariyat qismi eng zarur kundalik ehtiyoj mahsulotlari sotib olishga sarflanayotganligini bildiradi. Buni Rossiya bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, iste‘mol xarajatlari ulushi 2006 yilda 73,2%, 2007 yilda 69,1%, 2010 yilda 70,2% ni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Rossiyada aholi iste‘mol xarajatlari ulushi O‘zbekistonnikidan pasaygan. Mamlakatimizda barqarorlikka erishilishi tufayli iqtisodiyotni erkinlashish bosqichida iste‘mol tarkibida ijobiy siljish yuz berayotgani ham aks etgan. Kishilarning joriy xarajatlari ayrim holatlarda ishlab chiqargan daromadlardan ko‘p bo‘lishi ham mumkin, u holda ilgari ishlab topilgan daromadlar sarflanishi yoki qarz olib ishlatilishi mumkin. Tahlillarimiz ko‘rsatishicha, aholi iste‘mol darajasiga va tarkibiga ta‘sir qiluvchi omillarga quiidagilarni kiritish mumkin: aholi daromadlar darajasi; iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakat milliy boyligi hajmi; YaIM dagi aholining pirovard iste‘moli ulushi; aholining demografik tarkibi; mol-mulk bilan ta‘minlanganlik darajasi; tabiiy iqlim sharoitlari, ijtimoiy infratuzilmani rivojlanish darajasi.. Ta‘kidlash lozimki, respublika va uning hududlarida aholi pul daromadlari va xarajatlari dinamikasida o‘zgarishlar yuz bermoqda (2.4-jadval). Aholi turmush darajasini aholi jamg‘armasiga qarab ham bilish mumkin. Aholi turmush darajasi yuqori bo‘lsa xonadon daromadining kattagina qismi tirikchilikdan ortib qoladi va jamg‘arma hosil etadi. Farovonlik haqida aholining xizmatlar uchun qilgan sarfining kattaligi xam belgilaydi, chunki turmush darajasi yuksalgan sharoitida xizmatlar iste‘mol etiladi. Aholi turmush darajasiga baho berilganda natural iste‘molni ham nazarda tutish kerak. Agar u katta bo‘lsa, 63 turmush natural iste‘molni ham nazarda tutish kerak. Agar u katta bo‘lsa, turmush darajasi past bo‘lgani holda ham, oziq-ovqat sarfi hissasi kichik bo‘lishi mumkin. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling