Ijtimoiy iqtisodiyot
-rasm. O’rtacha nominal ish haqi va pensiya miqdorining o’sishi
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
2.4-rasm. O’rtacha nominal ish haqi va pensiya miqdorining o’sishi
(ming so’m) Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma‘lumotlari Hududlar o‘rtasida aholi daromadlari bo‘yicha farqni o‘sishining asosiy sabablari xududlarning iqtisodiy salohiyatining pastligi va aholi bandligi bo‘yicha muammolar bilan bog‘liq. Aholi daromadlarinig tabaqalashuvida iqtisodiy erkinlik ham muhim rol o‘ynaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx nazorati va savdo-sotiq erkinligi iqtisodiyotning erkinlashishi sifatida tushiniladi. Lekin iqtisodiy erkinlikni ta‘minlashda turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zlarining erkinlashtirish qoidalarini ishlab chiqadi. O‘zbekistonda iqtisodiy erkinlikni ta‘minlashda, eng avvalo, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlar faoliyati chegaralash qoidasiga asosiy urg‘u berildi. Chunki o‘tish davri iqtisodiyotda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish silliq kechayotgan jarayon emas ekanligi va buni tartibga solib turish zaruratining muhimligi natijasida davlat iqtisodiyot subyektlari faoliyatiga aralashib turadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: – birinchidan, daromadlar shakllari o‘zgardi, ya‘ni an‘anaviylariga (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko‘chmas 270,6 418,1 62,3 98,3 0,0 100,0 200,0 300,0 400,0 500,0 2011 йил 2012 йил минг сўм Ўртача номинал иш ҳақи Ўртача пенсия миқдори 59 mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi; – ikkinchidan, daromadlarning miqdor va sifat tarkibiy qismlari o‘zgardi, haqiqiy egalik qilinayotgan daromadlar, to‘planish va ajralish koeffisiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, aholi pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi xususiyatlar paydo bo‘ldi. – uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishlari qo‘shildi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasini, qimmatli qog‘ozlarni, shaxsiy mulkni sotib olishga xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling