54
Shuningdek, Prezidentimiz o‘z asarlarida joriy 2011 yilda o‘rtacha ish haqi
miqdorini byudjet sohasida – va shunga mos ravishda xo‘jalik yurituvchi
sub‘ektlarda ham – 1,4 barobar oshirish, inflyasiyaning o‘sish ko‘rsatkichini 7-9
foiz darajasida saqlab turish ko‘zda tutilayotganligini qayd etdilar.
Tabiiyki, ish haqi va aholi real daromadlarining ahamiyatli darajada o‘sishi
milliy iqtisodiyotning barqaror sur‘atlarda rivojlanishi bilan bir qatorda tashqi
savdo va eksport sohasidagi faoliyatning samaradorligiga ham bog‘liq.
Aholi daromadlari asosan pullik daromadlar va natural shakldagi
daromadlardan tashkil topgan. Ma‘lumki, aholining pullik daromadlari tarkibiga
ish haqi, tadbirkorlik daromadi, mulkdan keladigan daromad, ijtimoiy transfertlar
kiradi. Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda aholining yalpi
daromadlari tarkibida pullik daromadlar ulushi kamayib, aksincha natural
shakldagi daromadlar ulushi ortib bormoqda (2.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: