Ijtimoiy iqtisodiyot
II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI TURMUSH
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI TURMUSH
DARAJASI HOLATINING TAHLILI 2.1. Aholi daromadlarining shakllanishi va o’zgarishining bozor omillari Aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur‘atlari aholi farovonligini oshirishni ta‘minlamoqda. Aholi real daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib, makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur‘atlarda oshishi, inflyasiyaning sezilarli darajada pasayganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchayganligi hisoblanadi 1 . Aholi daromadlari – bu alohida shaxs yoki oila (uy xo‘jaligi) tomonidan turli manbalardan ma‘lum davr mobaynida olinadigan va iste‘mol, jamg‘arma, turli yig‘in va soliqlarga sarflanadigan pul va natural tushumlar majmuidir 2 . Aholi daromadlarini ularning tarkibiga turli xo‘jalik subyektlari va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan bepul xizmatlarni qo‘shmasdan ko‘rib chiqish tadqiqot doiralarini toraytiradi, chunki aholining past daromadli guruhlari daromadlarini takror ishlab chiqarishda ularning roli muhimdir. Demak, daromadlarning shakllanishida, bizningcha, xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va mehnatdagi yutuqlari, xodim band bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasaning faoliyat natijalari va umuman iqtisodiyotning rivojlanish darajasi muhim omil hisoblanadi. Aholi daromadlari yangidan yaratilgan qiymat o‘lchamlariga, ularning yuzaga kelish manbasi sifatida mehnat unumdorligi darajasiga, davlatning soliq va ijtimoiy siyosatiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida daromadlarning mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning iqtisodiy shakllari sifatidagi muhimligi saqlanib qoladi. Mulkchilik munosabatlari xo‘jalik tarkibi va boshqaruv tizimidan iborat har qanday iqtisodiyotning asosidir. Daromadning mulkchilik munosabatlarini amalga 1 O‗zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh, 2012 yil yakunlari, 2013 yil, №9 2 Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. – T.: Mehnat, 2009. – 366-b. 52 oshirishning iqtisodiy shakli sifatida belgilanishi uning sifat xususiyatlarini ochishga, chuqur ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ko‘rsatishga imkon beradi. Aholi daromadlari iqtisodiy kategoriya sifatida bir tomondan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat o‘rtasida, ikkinchi tomondan, uy xo‘jaliklari va individlar o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymat qismini o‘zlashtirish, taqsimlash va qayta taqsimlash borasida yuzaga keluvchi umumiy munosabatlarni ko‘rsatadi. Shuni alohida qayd qilish lozimki, O‘zbekiston Respublikasida aholining pul daromadlari yil sayin oshib bormoqda (2.1-jadval). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling