Ijtimoiy iqtisodiyot
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
73 III -BOB. IQTISODIY INQIROZ SHAROITIDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI 3.1. Davlat tomonidan aholi turmush darajasini tartibga solish mexanizmini shakllantirish Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aholining turmush darajasini oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘rni katta. O‘zbekiston Respublikasida borgan sari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ta‘minlanib, aholining turmush darajasi oshib bormoqda. Bu borada respublika Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni alohida ta‘kidlab o‘tgan: ―...turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklari rivojini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir‖ 4 . Ta‘kidlash lozimki, bozor infratuzilmasi aholi turmush darajasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Agar biror hududda bunday infratuzilma rivojlanmagan bo‘lsa, tadbirkorlik ham rivojlanmaydi, aholining turmush darajasi ham oshmaydi. Demak, har bir hududda bozor infratuzilmasini rivojlantirish lozim. Shuning uchun, nazarimizda, har bir hududda bozor infratuzilmasi rivojlantirish lozim. Buning uchun quyidagicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish infratuzilmasini ustuvor rivojlantirishni amalga oshirish. Bunda asosiy e‘tibor meliorasiya, gidrotexnika, elektr energiya inshootlari va tarmoqlarini rivojlantirishga, yerlarni sug‘orishga, sanoatning qayta ishlovchi korxonalarini qurish va texnika bilan qayta uskunalashga qaratilishi, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari: vodoprovodlar, kanalizasiya tizimi va 4 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‗llari va choralari. – T.: O‗zbekiston, 2009. – 41 b. 74 inshootlari, gaz va elektr ta‘minoti tarmoqlari, yo‘llar, telekommunikasiya tizimlari ustuvor bo‘lishi lozim. 2. Bozor infratuzilmasini tashkil etish va uni jadal yaratish jarayonlarini boshqarish, uni jahon iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida shaharda bozor qayta o‘zgartirishlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta‘minlashga, uni rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirishga da‘vat etilgan ―Tadbirkorlik departamentlari‖ faoliyati takomillashtirilishi lozim. Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan barcha bank va ularning filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo‗yicha ―Tadbirkorlar xonasi‖ tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan ―Tadbirkorlar burchagi‖ orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to‗g‗risida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo‗lga qo‗yildi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling