Ijtimoiy iqtisodiyot


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana08.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#245666
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol

 
II-БОБ бўйича хулоса 
 
1.  Aholi  daromadlari  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  bir  tomondan,  xo‘jalik 
yurituvchi  subyektlar  va  davlat  o‘rtasida,  ikkinchi  tomondan,  uy  xo‘jaliklari  va 
individlar  o‘rtasida  yangidan  yaratilgan  qiymat  qismini  o‘zlashtirish,  taqsimlash  va 
qayta taqsimlash  borasida yuzaga keluvchi  umumiy  munosabatlarni  ko‘rsatadi. 
2.  bozor  iqtisodiyoti  sharoitlarida  aholi  daromadlari  tarkibida  qator 
o‘zgarishlar  sodir bo‘ldi: 
–  birinchidan,  daromadlar  shakllari  o‘zgardi,  ya‘ni  an‘anaviylariga  (ish 
haqi,  pensiya,  nafaqa,  stipendiya)  tadbirkorlik  faoliyatidan,  mulkdan,  ko‘chmas 
mulkdan,  qimmatli  qog‘ozlardan,  chet  el  valyutasidan  keladigan  daromadlar 
qo‘shildi; 
–  ikkinchidan,  daromadlarning  miqdor  va  sifat  tarkibiy  qismlari  o‘zgardi, 
haqiqiy  egalik  qilinayotgan  daromadlar,  to‘planish  va  ajralish  koeffisiyenti, 
daromad  tanqisligi,  tirikchilik  minimumi,  qashshoqlik  darajasi,  aholi  pul 
daromadlarining  xarid qobiliyati  kabi xususiyatlar  paydo bo‘ldi.  
3.  Tahlillarimiz  ko‘rsatishicha,  aholi  iste‘mol  darajasiga  va  tarkibiga  ta‘sir 
qiluvchi  omillarga  quiidagilarni  kiritish  mumkin:  aholi  daromadlar  darajasi; 
iqtisodiy  rivojlanish  darajasi,  mamlakat  milliy  boyligi  hajmi;  YaIM  dagi  aholining 
pirovard  iste‘moli  ulushi;  aholining  demografik  tarkibi;  mol-mulk  bilan 


 
72 
ta‘minlanganlik  darajasi;  tabiiy  iqlim  sharoitlari,  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlanish 
darajasi.. 
4.  Aholi      iste‘mol      xarajatlari      tarkibida   oziq-ovqat   ulushining xajmiga 
ta‘sir ko‘rsatuvchi qator korrelyasion bog‘liqliklar mavjud:  
–  oziq-ovqat  harajatlari  hajmi  bilan  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan 
daromad miqdori  o‘rtasidagi  bog‘liqlik; 
 
 –  aholi  jon  boshiga  sarflanadigan  harajatlarda  oziq-ovqat  miqdori  bilan  
boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik; 
–    pul  daromadlaridagi  jon  boshi  hisobiga  oziq-ovqat  harajatlari  bilan 
shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan tushumlar o‘rtasidagi bog‘liqlik; 
–  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan  pul  daromadda  oziq-ovqat  xarajatlari 
ulushi, oila hajmi, bolalar ulushi va ayollar ulushi o‘rtasidagi bog‘liqlik. 
 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling