Ijtimoiy ish nazariyasi fanining ishchi o’quvdastu ri
ON – 2 marta o‘tkaziladi Har bir ON uchun –
Download 0.71 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 86-100 -ballgacha «a’lo»
- Mustaqil ta’lim uchun mavzular ro‘yxati.
ON – 2 marta o‘tkaziladi
Har bir ON uchun – 15 ball ON yozma, test, kurs ishi, esse, fan yuzasidan qonun loyixasini ishlab chiqish yoki prezentatsiya materiallarini tayyorlash shaklida o‘tkaziladi YAN – oxirgi dars soatida yozma shaklda o‘tkaziladi
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi: a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: fanning moxiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa; fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa; fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa; fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa; berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa; konspektni puxta tayyorlagan bo‘lsa; mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa; fanga tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar, tahliliy xujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa; o‘zining ilmiy asoslangan loyihalarini, strategik dasturlarini sharxlay bilsa; fan bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa; b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa; fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo‘lsa; fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa; fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa; fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa; fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa; fanga tegishli ma’lumotlar, qiyosiy tahlillar olib borgan. v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa; fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa; bayon qilish ravon bo‘lmasa; fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa; fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa. g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin: fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa; fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa; fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa; fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa; fanni bilmasa. Mustaqil ta’lim uchun mavzular ro‘yxati. Ijtimoiy ish jamiyatning madaniy fenomeni sifatida. Ijtimoiy ishda professional hatarlar. AQSH ijtimoiy ishchilarining Milliy assotsiatsiyasi. Ijtimoiy ishchilarning xalqaro federatsiyasi. AQSHda tibbiy sug‘urta. AQSHda farzandli oilalarga yordam dasturi. AQSHda xususiy sug‘urtalash. Aholini ijtimoiy himoya qilishning Kanada tajribasi. Finlyandiyada onalik va bolalik muhofazasi. Germaniyada ijtimoiy ta’minot. Fransiyadagi nafaqa tizimi. Evropa davlatlarida qariyalar bandligi. AQSH ko‘ngillilar milliy tashkilotlari. Germaniyada xayriya ittifoqlari. Buyuk britaniyada xayriya tashkilotlari faoliyati. Vengriya notijorat sektori. Xalqaro ko‘ngillilar tashkilotlari. Germaniyada onalik markazlari. SHimoliy Evropa mamlakatlarida oilani rejalashtirish. Kanadada ayollar uchun krizis markazlari. CHet elda qariyalar uchun oila tipidagi muruvvat uylari. SHarqiy Evropa davlatlarida nogironlarning ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi. Osiyo davlatlarida nogironlarga yo‘naltirilgan ijtimoiy ish. Qarilarga yomon munosabat muammosi va uni hal etish tajribalari. Gollandiyada deviant xulqli o‘smirlar bilan ijtimoiy ish texnologiyalari. AQSHda yosh xuquqbuzarlar bilan ijtimoiy ish. CHet ellarda boshpanasiz va qochoq bolalar uchun muassasalar. CHet ellarda giyohvand va ichkilikbozlar bilan ijtimoiy ish. Jamoada ijtimoiy ishning xususiyatlari. CHet elda sog‘liqni saqlash muassasalarida ijtimoiy ish. CHet elda tergov organlarida ijtimoiy ish tajribasi. Etnik mayda millatlarda ijtimoiy ishning o‘ziga xos xususiyatlari. Qariyalarining ijtimoiy muammolari. Qariyalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish. Halqaro ijtimoiy himoya tashkilotlari. Ijtimoiy ishchining psixogrammasi va professional xabardorligi. Ijtimoiy ishda va uni ogohlantirish metodida “Emotsional yonish sindromi”. O‘zbekistonda bolalarni ijtiomiy himoya qilish shakli, metodi va yo‘nalishlari. O‘zbekistonda oilani ijtiomiy himoya qilish me’yoriy xujjatlari va oilalar bilan ijtimoiy ishning asosiy yo‘nalishlari. Zamonaviy O‘zbekstonda ayollar huquqining o‘rni va ayollarni ijtimoiy himoya qilish tarmoqlari. YOshlar muhitida ijtimoiy ishning o‘ziga xosligi. Ijtimoiy ishning ekologik modeli. Ijtimoiy ishda professionalizm: akmeografik yondoshuv va ijtimoiy ishchi professiogrammasi. Ijtimoiy ishda tavakkal: “emotsional yonish sindromi” va relaksatsiiya roli. XXasrda ayollarning yangi roli va jamiyatda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. amaliy ijtimoiy ish metodlari va uning zamonaviy jamiyatda rivojlanishi. Oilada ijtimoiy ish va keys-stadiya texnologiyasi. Oilali talabalar muammosi va ularni ijtimoiy himoya qilish chora tadbirlari. Baxtsiz oilalar va farzand tarbiyasidagi muammolar. O‘zRda onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish. Ijtimoiy ishda oilaviy-orientir yondoshuv va beshafqat munosabatda bo‘lgan bolalar bilan profilaktika o‘tkazish. Bolalarning qarovsiz qolishi sabablari va ularni profilaktika qilishda ijtimoiy ishchining roli. Maktab ta’limida ijtimoiy ish. Mehnat qilayotgan ayollardagi ijtimoiy muammolar va ularnining echimi yo‘llari. O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash chora tadbirlari. Nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish. YOshlar muhitida ijtimoiy ishning o‘ziga xosligi. Notijorat nodavlat tashkilotlar va ularning aholini himoya qilishdagi roli. Etnik muhitda sotsial ish. O‘zbekiston Respublikasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy muassasa tizimi. Keksalarni ijtimoiy himoya qilish. Mehnat qilayotgan va mehnat qilmayotgan nafaqaho‘rlarning ijtimoiy himoyalanganligi. O‘zbekiston respublikasining pensiya qonuni va fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligi. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari va vazifasi. Ijtimoiy ishchining axloqiy standarti. O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning zamonaviy ko‘rinishlari va istiqboli. Ijtimoiy ish mutaxassisining professional foydalilik kriteriyasi. Ijtimoiy ishning huquqiy-me’yoriy ta’minotining mohiyati. Ijtimoiy ishchining professionalstandarti. Ijtimoiy xastalikka qarshi kurash bo‘yicha dunyokonfessiyasi. Hayr-sahovat ijtimoiy xolat sifatida: ijtimoiy fenomen genezisi. Inson va jamiyat haqidagi fanlarda og‘ma hulq-atvor nazariyasi. Ijtimoiy ishchi mutaxassisiga tasvsif.Deviatsiya va delinkventlik: engib chiqish strategiyasi. “Risk guruhlari” bilan ishlashda ijtimoiy ishning zamonaviy yondoshuvlar. 100ta tushunchaga glossariy tayyorlash. Davlat farovonligi g‘oyasi va ijtimoiy ish. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vazifasi va mohiyati. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari. Maktabda ijtimoiy ishning o‘ziga xosligi. Ijtimoiy ishchi va ijtimoiy pedagog: o‘zaro munosabatidagi muammolar. Ozodlikdan mahrum qilingan joylarida ijtimoiy terapiya. Ijtimoiy ishchi va mijozning o‘zaro harakatlari. Ijtimoiy ishda mijoz tushunchasi. Ijtimoiy ishda professional risklar. Professional vыgoranie. Ijtimoiy ishda kategoriyalar va Mijoz guruhlari(klassifikatsiya) Ijtimoiy ishda professionalizm: akmeografik yondoshuv va ijtimoiy ishchi professiogrammasi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling