Ijtimoiy ish nazariyasi fanining ishchi o’quvdastu ri
Kafedra mudiri: __________ prof. Nabiev F.X
Download 0.71 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsad va vazifalari
Kafedra mudiri: __________ prof. Nabiev F.X
Fakultet ilmiy Kengashi raisi: __________ dots. Mirzaev R. Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i ____________ prof. Xalxodjaev A. Kirish «Ijtimoiy ish nazariyasi» sohasi mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun nafaqat aniq individga, ma’lum bir guruhga, balki jamiyat va davlat uchun zarur va muhim hisoblanadi. Shuningdek, «Ijtimoiy ish nazariyasi» sohasi jamoatchilik amortizatori rolini bajaradi, ijtimoiy himoyaga muhtoj axoli uchun tanglikni oldini olish va osoyishtalikni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda muhim ahamiyat ega. «Ijtimoiy ish nazariyasi» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dastur beshta bo‘limdan iborat bo‘lib, u o‘z tarkibiga ijtimoiy ishni fan va o‘quv predmeti sifatida o‘rganib, O‘zbekiston Respublikasi va chet eldagi ijtimoiy ish tarixining nazariy uslubiy jihatlarini tahlil etadi, shuningdek, ijtimoiy ishda tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish, ijtimoiy ishning texnologiyasi va samaradorligi (nazariy metodologik aspekti) va boshqa bir qator masalalarni qamrab olgan. Fanning maqsad va vazifalari Ijtimoiy ish nazariyasi fani ijtimoiy - gumanitar fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib, talabalar uni 3 semestrda o’rganishadi. Fanning maqsadi «Ijtimoiy ish» sohasi talabalarda ijtimoiy ish asoslari, uning tushunchasi, paydo bo‘lish tarixi va metodlari, qonuniyatlari hamda asosiy tamoyillarini rivojlanishi haqidagi zarur ma’lumotlar bilan takomillashtirishdan iborat. «Ijtimoiy ish nazariyasi» fani o‘qitilishi davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirilishini talab etadi: «Ijtimoiy ish nazariyasi» fan sifatida rivojlanishi bo‘yicha chet el hamda mahalliy tajribani o‘zlashtirish; ijtimoiy ishning insoniyat va jamiyat hayotidagi rolini, yordam ko‘rsatish texnologiyalari hamda uslubiy asoslarini o‘rganish; ijtimoiy ishda tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish; ijtimoiy ishchilarni tayyorlashda ta’limiy dastur va o‘quv jarayonini tashkillashtirish uslubiyotini o‘rganish; ijtimoiy ishning samaradorligi (nazariy uslubiy jihati) haqidagi bilimlarni boyitish. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling