Ijtimoiy ish nazariyasi fanining ishchi o’quvdastu ri
Download 0.71 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami 54 54 78
- 2-mavzu. Ijtimoiy ishning ob’ektlari va sub’ektlari.
Asosiy qism. 1-mavzu. Ijtimoiy ish – inson faoliyatining kasb turi sifatida. Ilmiy bilishning o‘ziga xosligi. Ijtimoiy yordamning tarixiy shakllanishi. Ijtimoiy ish nazariyasi maqomining ilmiy asoslanishi. Ijtimoiy ishning axloqiy-insonparvarlik xususiyati. Ijtimoiy ish fan sifatida. Ijtimoiy ishning asosiy prinsiplari. Ijtimoiy ish nazariyasining fan sifatida rivojlanishi va vujudga kelishining ob’ektiv asoslari. XIX-XX asrlarda G‘arbiy Evropada ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyoti. Ijtimoiy ishda diagnostik maktablar (M.Richmond, V.Robertson, G.Xamilton). ijtimoiy ishda funksional maktablar (O.Rank, Dj.Tafft). Ijtimoiy ishning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy nazariyalar. Veberning tushunuvchi sotsiologiyasi; Gusserl va SHyus fenominologiyasi; XX asrning birinchi yarmida psixoanalitik sotsiologiya; ijtimoiy ishda gumanistik paradigmani shakllanishiga uning ta’siri. Mid, Moreno, Xorni, Markuze, Lazarsfeldlar ijtimoiy ish imkoniyatlari haqida. Ijtimoiy ish nazariyasi o‘quv fani sifatida. 2-mavzu. Ijtimoiy ishning ob’ektlari va sub’ektlari. «Ijtimoiy ish nazariyasi» bo‘lajak mutaxasisning kasbiy madaniyatini oshirishga, uni tarixiy zaminlari, muhtojlarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashning umumjahon amaliyoti tarixiy jarayonida shakllangan insonparvarlik qadriyatlari bilan boytishga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy muammolarni hal etishning jahon tajribasini o‘rganish bo‘lajak mutaxasislar uchun O‘zbekistonda ijtimoiy ishning kasb sifatida shakllanishi va rivojlanishi jarayonida o‘xshash hodisa va jarayonlar bashorat qilish nuqtai nazarida qiziqish uyg‘otadi. Kursni o‘rganish jarayonida shuni yodda tutish lozimki, yordam etaloni bo‘lib xizmat qiladigan ijtimoiy amaliyot mavjud emas. CHet el tajribasini o‘zlashtirish jarayoni, avvalo ijtimoiy muammolarni hal etishda O‘zbekistonning tarixiy xususiyatlari va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z yondoshuvlarini ishlab chiqishi uchun zarurdir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling