Ijtimoiy ish nazariyasi fanining ishchi o’quvdastu ri
Download 0.71 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsadi
- Fanlararo bog‘liqligi.
Fanning ahamiyati.
«Ijtimoiy ish nazariyasi» bo‘lajak mutaxasisning kasbiy madaniyatini oshirishga, uni tarixiy zaminlari, muhtojlarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashning umumjahon amaliyoti tarixiy jarayonida shakllangan insonparvarlik qadriyatlari bilan boytishga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy muammolarni hal etishning jahon tajribasini o‘rganish bo‘lajak mutaxasislar uchun O‘zbekistonda ijtimoiy ishning kasb sifatida shakllanishi va rivojlanishi jarayonida o‘xshash hodisa va jarayonlar bashorat qilish nuqtai nazarida qiziqish uyg‘otadi. Kursni o‘rganish jarayonida shuni yodda tutish lozimki, yordam etaloni bo‘lib xizmat qiladigan ijtimoiy amaliyot mavjud emas. CHet el tajribasini o‘zlashtirish jarayoni, avvalo ijtimoiy muammolarni hal etishda O‘zbekistonning tarixiy xususiyatlari va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z yondoshuvlarini ishlab chiqishi uchun zarurdir. Fanning maqsadi talabalarda jahon sivilizatsiyasida yordam va qo‘llab-quvvatlash institutlarining tarixiy shakllari, modellarining rivojlanishining evolyusion yo‘li haqida tizimli tasavvur shakllantirish. Fanning vazifalari: 1. Tarixiy-qiyosiy metod asosida talabalarga chet eldagi va vatanimizdagi xususiy, jamoatchilik va davlat tomonidan ijtimoiy yordam amaliyotining o‘ziga xos tomonlari haqida tushuncha shakllantirish. 2. Talabalarda Dunyo mamlakatlarida aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning tarixiy amaliyotiga tizimli, tanqidiy, qadriyatli munosabatni shakllantirish. 3. Talabalarga tarixiy tahlil asosida uning ijtimoiy ishning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini,uning institutsional shakl va modellarini baholashni o‘rgatish. Fanlararo bog‘liqligi. Ijtimoiy ish tizimi boshqa ijtimoiy tizimlar: siyosat, iqtisodiyot, xuquq, madaniyat, etika, ekologiya, pedagogika va b.lar bilan o‘zaro aloqada buluvchi ochiq tizimdir. Ijtimoiy ishning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi uning sohalararo xarakterini qo‘rsatadi,shuningdek sotsiologiya, psixologiya, pedagogika va b. o‘zaro bog‘langan fanlardan farqli tomonlarini ko‘rsatadi. Ijtimoiy ish va boshqa ijtimoiy fanlarning umumiy jihati ularning jamiyat va inson haqidagi barcha fanlarning mumtoz faylasuf, sotsiolog, psixologlarning g‘oyalari, ta’limotlariga tayanishidadir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling