10-mavzu. YOshlar bilan ijtimoiy ish yuritish.
Insonparvarlik (gumanizm) XIV-XVI asrlardagi adabiy-falsafiy va madaniy harakat sifatida. Insonparvarlik (gumanizm) prinsiplari va axloqiy me’yorlarning o‘zaro aloqasi. Gumanizm dunyoqarashning tarixiy o‘zgarish tizimi sifatida, inson o‘z qadrini shaxs sifatida tan olishi, uning erkinlikka, baxtga, o‘z mahoratini namoyon qilishga bo‘lgan huquqi. Ijtimoiy adolat prinsiplari va jamiyatdagi ijtimoiy differensiatsiya va tengsizlik muammolari. Ijtimoiy ishchi insonparvarlik g‘oyasini tarqatuvchisi sifatida.
Ijtimoiy ishning axloqiy asoslari va davlat tomonidan o‘rnatigan inson huquqining amalga oshirish chegrasi. Ma’naviy boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari. Egoizm va alturizm – hayotiy orientatsiya prinsiplari. Qarzdorlik muammosi ijtimoiy ishchi professional faoliyatining harakat mexanizmi sifatida. Ijtimoiy ishchining shaxsiy sifatlari, uning o‘zini-o‘zi boshqara olishi va qadriyatlar orientatsiyasi.
11-mavzu. Davlatning ijtimoiy siyosati va ijtimoiy ish: o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’siri. Ijtimoiy ish va siyosat.
Ijtimoiy ishga differensial yondoshuv, insonning ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash metodi sifatida. Insonga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy huquqi va erkinligiga ijtimoiy kafolat berishni amalga oshirish tizimi. Ijtimoiy ishda ob’ektning ijtimoiy holatini o‘ziga xosligi.
Aholining turli guruhlari bilan ishlashda ijtimoiy ishning asosiy metodi va yo‘nalishlari. Ijtimoiy muammolarning muhim belgilari. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy muammolar.
Ijtimoiy ish texnologiyasi tushunchasi va mohiyati. Mijozlar bilan ishlashda sotsial diagnostika texnologiyasi.
12-mavzu. Jamiyat hayot faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ishning xususiyatlari.
Ijtimoiy siyosat davlat ichki siyosatining tarkibiy qismi sifatida, uning maqsadi va o‘ziga xosligi. Ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlari – fuqarolar faoliyatida ijtimoiy sharoit yaratilishining kafolati, moddiy ta’minot bazasini kengaytirish, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning ma’lumoti va madaniyatini yuksaltirish. Ijtimoiy adolat prinsiplari va uni amalga oshirishdagi ob’ektiv va sub’ektiv xolati. Ijtimoiy siyosat jamiyatning moddiy rivojlanishi, ishlab chiqarishda innovatsion faoliyati. Mehnat sharoiti va uning ijtimoiy tavsifi.
Ijtimoiy siyosatning ilmiy-bilish va amaliy tashkiliy taraflari. Kadrlar ijtimoiy orientatsiyasining roli.
Do'stlaringiz bilan baham: |