19-mavzu. Ijtimoiy ishda ish yuritish, xizmat yuzasidan suxbat o’tkazish va muzokaralar olib borish.
Ijtimoiy ish nazariyasi va modeli turlari. XIX-XX asrlarda ijtimoiy ishning asosiy g‘oyaviy xususiyatlari. Ijtimoiy ishning sotsial-orientir modeli.
Ijtimoiy ishning psixo-orientir modeli. Ijtimoiy ishning kompleks-orientir modelining o‘ziga xosligi (sotsial-pedogogik model, kognitiv model, V.G.Bocharovning ijtimoiy xizmat tizimlar modeli, S.I.Grigorevning vital-orientir modeli va b.) Ijtimoiy ishda xorij modellarining o‘ziga xosligi (Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH va b. Mamlakatlar misolida)
RBIMM qoshidagi axborot konsalting xizmatining faoliyati. Ijtimoiy ishning amaliy modelini amalga oshirilishining o‘ziga xosligi.
Ijtimoiy vaziyat tushunchasi. Fanda ijtimoiy vaziyat situatsion yondoshuv orqali qabul qilinadi. (S.Vыgotskiy, B.F.Lomov, L.I.Ansiferova, YU.N.Emelyanov, T.M.Dridze). Tarixiy, sotsiomadaniy va hayotiy vaziyatlar. Hayotiy vaziyat tushunchasi:sodda (normal) vamurakkab(muammoli). Murakkab hayotiy vaziyat xolatlari. Ijtimoiy ishda murakkab hayotiy vaziyat kriteriyalar klassifikatori. Murakkab hayotiy vaziyatga moslashish modeli.
20-mavzu. Ta’lim tizimida ijtimoiy ishning xususiyatlari.
“Ijtimoiy ishda mijoz” tushunchasi. Ijtimoiy ish nazariyasida amaliy metodlar:1) individual ishlar metodi; 2) guruhda ishlash; 3) jamoada ishlash (mikrosotsial muhitda). Ijtimoiy ishda mijoz shaxsiga psixologik yondoshuvlar. Mijoz bilan ishlashda zamonaviy metodikalar: bixevioristsk yondoshuv, geshtalt-terapiya, kognitiv terapiya, kompleksli yondoshuv, oilaviy terapiya, psixosotsial yondoshuv.
21-mavzu. Fanlar tizimida ijtimoiy ish nazariyasi.
«Ijtimoiy ish nazariyasi» fani o’quv rejadagi inson va jamiyat hayoti hamda faoliyatini o’rganuvchi - tarix, psixologiya, huquqshunoslik, sotsiologiya, pedagogika, etnografiya kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek, tabiiy jarayonlar dialektikasini o’rganuvchi fizika, matematika, biologiya, astranomiya, kimyo kabi tabiiy ilmiy fanlar bilan aloqador.
Psixodinamika ijtimoiy ishning nazariy asosi sifatida.(psixosotsialnoy) Ijtimoiy ishchi faoliyatida psixodinamik model postulatlari. Z. Freydning mumtoz psixoanalik nazariyasi. Psixoanaliz nazariyasi ( E. Erikson).
Do'stlaringiz bilan baham: |