Mavzu: Ijtimoiy ishda ekotizimli yondashuv. Ijtimoiy ishda psixoijtimoiy nazariya


Download 36.16 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi36.16 Kb.
#1526777
Bog'liq
Eshchanova chala



Mavzu: Ijtimoiy ishda ekotizimli yondashuv.
Ijtimoiy ishda psixoijtimoiy nazariya

Bajardi: Eshchanova Dinara


Qabul qildi:___________________
Reja:

  1. Nazariya: ijtimoiy ish amaliyoti uchun tavsif, uning ahamiyati va o`ziga xosligi.

  2. Ijtimoiy ish nazariyasining asosiy turlari

  3. Ijtimoiy ishda ekologik yondashuvning tizimli tahlili


Tayanch iboralar:
Nazariya va ijtimoiy ish nazariyalarini amaliyotga ta'siri. Ijtimoiy muammolarni tushunish konseptual asoslari. Ijtimoiy ish nazariyasining asosiy turlari: psixologik, ijtimoiy, kompleks; mumtoz va zamonaviy. Ijtimoiy ishning ekologik va tizimli modellari. Tizimli yondashuvda ekologik ramka. Ijtimoiy ishda xulq-atvor nazariyasi. Ijtimoiy ishda psixo-dinamik nazariyasi. Kuchli tomonlar nazariyasi va resurslarni taqsimlash. Ijtimoiy ishda muammoli-mo‘ljalli nazariya va krizis intervensiya.

1. Nazariya: ijtimoiy ish amaliyoti uchun tavsif, uning ahamiyati va o`ziga xosligi: Ijtimoiy ish nazariyasi deganda nimani tushunamiz? Lug`atlarda nazariyaga quyidagicha ta’rif beriladi: bu,



  • nimanidir tushuntiradigan fikrlar tizimi;

  • yoritilga holatlar majmui, fanni tashkiliy qismi, qoidalar birlashmasi;

  • amaliy tajribalarni yoritadigan va tabiat, jamiyat, tafakkur qonuniyatlarini aks ettiradigan ilmiy prinsplar, g`oyalar tizimi;

  • biron nimadan kelib chiqqan kimningdir fikri, mulohazasi, qarashlari.

Ijtimoiy ishning asosiy modellari uning turli maktablari evolyutsiyasini namoyon qiladi, tarkibidagi o`zgarishlar va ijtimoiy ish shakllarini ko`rsatadi. Har bir nazariya asosga ega bo`lib, ular inson va jamiyat haqidagi aralash fanlar bilan bog`liq, hamda ijtimoiy ishning aniq bir tarkibini ifoda etadi1.
Ijtimoiy ish nazriya va modellari turlicha, ularnng har biri turli maktablardagi olimlarning ilmiy izlanishlari, ijtimoiy ish rivojlanishi, ijtimoiy ish mohiyati va shaklininhg o`zgarishi bilan bog`liq amaliyotlar natijalarini aks ettiradi. Har biri nazariy asosga ega bo`lib, ular inson va jamiyat haqidagi aralash fanlar bilan bog`liq, hamda ijtimoiy ishning aniq bir tarkibini ifoda etadi2.
1920-yildan 1960-yilgacha ijtimoiy ishning k`opgina dasturlari inson xulq-atvoridagi o`zgarishlarni baholash uchun tibbiyot modelidan foydalangan. Ushbu model Zigmund Fred tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, unda ijtimoiy ishdagi mijozlarni “patsient” sifatida qaragan. Xizmat ko`rsatuvchining birinchi vazifasi ushbu yo`nalishdan kelib chiqib, keying davolash ishlarini amalga oshirish uchun muammo sababiga tashxis qo’yish hisoblanadi.
Hissiy (emossional) yoki xulqiy muammolari bor odamlar shizofrenik, psixopatik, chetlab o`tiladigan shaxs va boshqa shu kabi tibbiyot yorliqlarini olar edilar. Tibbiyot yo`nalishi tarafdorlari odamdagi aqliy faoliyatning buzilishi uning ichki holatidagi ayrim noaniq xususiyatlarga bog`liq deb hisoblashadi. Bu noaniq ichki sharoit, tibbiyot yo`nalishi tarafdorlarining fikriga ko`ra, genetik moyillik, moddalar almashinuvining buzilishu, infeksion kasalliklar, shaxsning ichki konfliktlari, kimyoviy muvozanatning buzilishi, himoya mexanizmlarini ongsiz ravishda qo`llanishi, yoki emotsional fiksatsiyani keltirib chiqaradigan va psixologik yetilishni sekinlashtiradigan travmatik jarohatlarni boshdan o`tkazish kabi faktorlarning natijasi hisoblanadi.
Tibbiyot modeli emotsional hamda xulq atvorida muammolar mavjud bo`lgan odamlarga odamgarchilik nuqtai nazaridan yordam qo`lini berishni ta’minlab berdi. Freydgacha emotsional muammolarni iblisga itoat etish deb qabul qilganlar, bunday odamlarni “savdoyi” deb ataganlar, hamda ularni kaltaklash yoki ozodlikdan maxrum qilish yo`li bilan davolaganlar.
1960-yilda ijtimoiy ishning tibbiyot modeli foydaliligi gumonlar paydo bo`la boshladi. Endilikda olimlar mijozlarni o`rab turgan atrof muhit omillari, ichki muammolarga e’tibor qarata boshladi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni namoyon etadiki, psixoanaliz mijozlarni muammolarini xal etishda samarsiz ekan. Shunday qilib, ijtimoiy ishning nazariy asoslarida asosiy urg`u muommala reformasiga qaratildi.
Chet ellarda ijtimoiy sohadagi reformalar asosan tizimni mijozlar manfaati tomoniga o`zgartirishga yo`naltirilgan edi. HeadStart (boshlang`ich) kabi qashshoqlikka qarshi kurashga yo`naltirilgan dasturlar tizmini mijozlar manfaati tomonga o`zgartirishning yorqin misoli sifatida qarab o`tish mumkin3.
2. Ijtimoiy ish nazariyalarining asosiy turlari: ijtimoiy ishga bag`ishlangan rus hamda patriotik adabiyotlarda4 ijtimoiy ish modellarini ijtimoiy-orientirlangan, psixologo-orientirlangan va kompleks orientirlangan ko`rinishlarga klassik bo`lib o`rganish zamonaviy modellarning paydo bo`lishiga olib keldi.
Bunday klassifikatsiyaning paydo bo`lishi ijtimoiy ish sohasidagi nazariy bilimlar va unga yaqin bo`lgan, hamda unga kuchli ta’sir o`tkazgan va o`tkazib kelayotgan fanlar analizi asosiy sabab hisoblanadi.
Sotsiologo_orientirlangan modellar ijtimoiy konsepsiyalar bilan uzviy bog`langan, ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini anglashga, jamiyatni tashkil qilishga, hamda uning ijtimoiy institutlarining o`zaro ta’sirlashuviga tayanadi.
Zamonaviy sotsiologo-orientirlangan modellar orasidan quyidagilari nisbatan ko`proq mashhurlikka ega: ekologik nazriya (“hayot modeli”); sotsial-radikal model; tizimli model.
Sotsiologo-orientirlangan modellar ijtimoiy konsepsiyalar bilan uzviy bog`langan, ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini anglashga, jamiyatni tashkil qilishga, hamda uning ijtimoiy institutlarining o`zaro ta’sirlashuviga tayanadi.
Zamonaviy sotsiologo-orientirlangan modellar orasidan quyidagilari nisbatan ko`proq mashhurlikka ega:

  • Ekologik nazriya (“hayot modeli”)

  • Sotsial-radikal model;

  • Tizimli model.

Psixologo-orientirlangan modellar ijtimoiy ish psixologik bilimlarga tayanadi, psixologik mavqe va inson rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi

  • Psixodinamik model

  • Kognitiv-bixovarial model

Kompleks-orientirlangan model inson hayotiy kuchini biopsixosotsial borliq sifatida himoya qilish va qo`llab quvvatlashni butunligicha kiritishga yo`naltirilgan. Bu modelning namunasi bo`lib, psixologik va sotsial bilimlar asosida tashkil qilingan O`rama model sahnada gavdalanadi (Ya.Moreno, J.G.Mid).
Bu yo`nalish eng avvalo, shaxsni anglash, mijozni o`zini tutish va o`tmish tajrabilari asosida rivojlanish, hayotdagi shaxsiy o`rni haqida tushunchani shakllantirishga asoslanadi.
Olimlarning (Barber, 1991, Payne, 1991) fikricha 4 tur nazariyani farqlash mumkin5:
1) ijtimoiy ishni tabiati va jamiytdagi rolini tushuntiruvchi ijtimoiy ish haqidagi nazariya,
2) ijtimoiy ishni tashkil qiluvchi faoliyat turlarini tadbiq qiluvchi, professional ijtimoiy ish uchun maqsadni aniqlab beruvchi va nima uchun u yoki bu faoliyat turi mos keluvchi va ijtimoiy ish maqsadlariga javob bera olishini tushuntiruvchi ijtimoiy ish nazariyasi.
3) ijtimoiy ishga o`z ta’sirini o`tkazadigan nazariyalar, ular psixologik, sotsiologik va odamlar yoki guruhlar xulq atorini tushuntiradigan yoki yoritib beradigan hamda ijtimoiy ish nazariyalarini tizimli qilib beradigan, muammolarning ijtimoiy xarakterini hisobga oladigan, ijtimoiy ish nazariyasi ko`rsatmalariga dalil keltiradigan boshqa nazariyalar.
4) ijtimmoiy ish amaliyoti nazariyasi ijtimoiy ish va mijoz ta’sirlashuvi jarayonida boshqa nazariyalar qay tariqa qo`llanishi mumkinligini keltirib o`tadi.
3. Ijtimoiy ishda ekologik yondashuvning tizimli tahlili. 1960-yildan boshlab odam xulq atvorini baholash uchun tizimli yondashuv qo`llanila boshladi. Ijtimoiy ishchilar o`z tajribasi davomida alohida kishilar, guruhlar, oilalar, tashkilotlar va muasasalar bilan tizimli tahlil qilishni o`rganadi. Mijoz turmush tarzining barcha jabhalarini baholash nuqtai nazaridan qaraladigan mijoz muammosining tizimli tahlili va umumiy tizim nazariyasi muhim holat hisoblanadi. Umumiy tizim nazariyasining muhim g`oyalari sifatida yaxlitlik, munosabat va gomeostaz rolga kiradi.
Yaxlitlik tushunchasi aniq prinsplar asosida tuzilgan elementlardan tashkil topgan sistema ichidagi obyektlarning xossasini namoyon qiladi6. Munosabat – bu odamlar va uyushmalarining bog`liqligi yoki o`zaro ta’siri, boshqacha qilib aytganda ular faoliyatining o`zari ta’siri deb qaraladi.
“Gomeostaz” tushunchasi o`z-o`zini boshqarish, ochiq sistemaning dinamik muvozanatni saqlab turishga yo`naltirilgan, muvofiqlashtirilgan reaksiyalar yordamida o`z ichki holatini saqlab qolish xususiyati. Tizim maqsadi o`zini tiklash, sarflangan muvozanatni qaytarish, tashqi muhit qarshiliklarini yengish hisoblanadi.
Tizim nazariyasiga binoan, tizim uni alohida komponentlar yoki bo`laklarga ajratgan taqdirdagina mos ravishda tushunilishi yoki to`liq tushuntirilishi mumkin. (Misol uchun, markaziy nerv sistemasi faqatgina bo`laklarni kuzatgan holatda sodir bo`lmaydigan, fikrlash jarayonarini amalga oshira oladi.)
Munosabatlar konsepsiyasiga binoan, sistemadagi elementlarning zichligi va tuzilishi elementning o`zi kabi muhim hisoblanadi. Masalan, Master va Jonsonlarning aniqlashicha, seksual disfunksiyalar er-xotinning nikoh sistemasidagi sheriklik psixologiyasi natijasida emas, balki er va xotinning o`zaro munosabati xarakteri asosida kelib chiqar ekan7.
Tizim nazariyasi osonlashtirilgan vaj-tergovli tushuntirishlarga qarshi chiqadi. Masalan, bolaning xulq atvori oiladagi xatti harakatlar maxsulimi: ota-onalarning o`z g`azabini jilovlay olishi, farzand va ota-ona orasidagi munosabat, ota-onalar orasidagi munosabat, psixologik stress darajasi, farzand xarakteristikasi, shuningdek, g`azabni ifoda etishning ota-onalar uchun ijtimoiy maqbul usullariga imkoniyatlar yaratish.
Gomeostaz konsepsiyasi ko`pgina tirik sistemalar tizimni qo`llab quvvatlash va saqlab qolish uchun balans qidiradi deb hisoblaydi. Masalan, Jeksonning ta’kidlashicha, oilalar xulq atvor balansini yoki barqarorligini yaratib beradi va ularning chidamlilik darajasini aniqlab beradigan turli o`zgarishlarga qarshi turish imkonini keltirib chiqaradi8.
Oxir oqibat disbalansning kelib chiqishi (nikoh ichida yoki undan tashqarida paydo bo`ladi), oiladagi gomeostatik balansni qayta tiklanihsiga olib keladi. Agar oilada bitta farzand bilan yomon munosabatda bo`linsa, bunday munosabat shu oilaning xususiyati hisoblanadi (agar birinchi farzand bu oiladan chiqarib yuborilsa, bunday munosabat ikkinchi farzandga nisbatan ko`rsatilishi mumkin). Yoki, oilaning biror a’zosi konsultatsiyalar yordamida yaxshilansa, bu yuksalish oiladagi balansning buzilishiga sabab bo`ladi. Natijada, oilaning qolgan a’zolar oila a’zosining o`zgargan xulq atvoriga moslashish uchun o`zlari o`zgarishi kerak bo`ladi9.
Ekologik modelning ahamiyati. Bu odamlar va ularni o`rab turga atrof muhit munosabatlarini hamda o`zaro aloqalarini e’tiborga oladigan ijtimoiy ish nazariyasi. U odamning ijtimoiy doirasini odamlarning imkoniyat va birdamligini orttiruvchi yoki kamaytiriuvchi institutlar, ijtimoiy ahvol va oilaviy dinamika sifatida ko`rsatish mumkin bo`lgan konsentrlangan doiralar jamlanmasi sifatida talqin etadi. Odamlar mikrosistema uy, mezosistema maktab, tuman va boshqa cherkov, klub hamda assoitsiatsiya kabi mahalliy institutlarda rivojlanadi hamda makrosistemalar birmuncha uzoqlashgan va nisbatan murakkablashgan institular hamda qabul qilingan an’analar odam hayotiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Bolalar uchun bunday institutlar ularning ota-onalarining ish joylari (moash miqdori, mehnat sharoiti), yoshlar klubi, yoki jamoat traransportining mahalliy sistemasi kabi kundalik mahalliy tashkilotlar munosabati ham bo`lishi mumkin. Yosh voyaga yetgan odam uchun mehnat qurollari yoki professional ta’lim berish imkoniyatlariga nisbatan axborot uzatish ko`rinishi bo`lishi mumkin. Cheklangan imkoniyatli har bir odam uchun mahalliy ish beruvchilar holati yoki mehnat faoliyatida beriladigan yordam yoki professional tayyorgarlik sharoiti bo`lishi mumkin.
Oxir oqibat, makrosistema (ekzosistema) mavjud bo`lib, u jamiyatning madaniy, siyosiy, iqtisodiy, yuridik va diniy yo`nalishlarini o`z ichiga olgan keng maydon hisoblanadi. U ijtimoiy tuzumlar va odamlar kundalik hayotida doimiy ravishda namoyon bo`lmasada, odamlar hayotiga katta ta’sir ko`rsatadigan qadriyatlarni o`z ichiga oladi. Masalan, bizning JINS, KEKSA YOSHLI ODAMLAR, VICH, jinoyat va jazo kabi tushunchalar haqida tushuncha va taasurotlarimiz makrosistemalardan paydo bo`ladi. Ekologik yondoshuv odamlar, oilalal, yoki mahalliy muassasalarning muammo va ehtiyojlarini tushunishda ko`rinarsiz bo`lib qoladigan qator faktorlarni yoritishda ijtimoiy ishchilarga yordam beradi. Bu faktorlar daromad va bolaga qarash hamda ishga joylashish, shuningdek sog`liqni saqlash, ta’lim va turargohlarda muvofiqlashgan imkoniyat kabi aniq resurslarning muhim ahamiyatini namoyon qiladi. Shuningdek u mahalliy aholi va tuman tashkilotlari imkoniyati yaxshilangan jamiyat qurishdagina erishila oladigan o`zgarishlarni ko`rsatadi.
Ekologik sistemalar nazariyasining tayanch tushunchasi bo`lib “hayot modeli” kategoriyasi kiritildi. Hayot modeli turmush sharoitidagi xilma xillikdagi o`zgarishlarga doimiy ravishda ko`nikma hosil qiladigan hayotiy faoliyatning subyekti sifatida odamlarni nazarda tutadi, hayotiy sistemalar (odamlar, ularning birlashmalari) o`zini o`rab turgan atrof muhit bilan doimiy muvozanatda turishga intilishi kerak. Shu ma’noda ijtimoiy ishning asosiy maqsadi odamlarning ko`nikuvchalik qobiliyatini, shuningdek ularning atrof muhitga ta’sirini kuchaytirib berish hisoblanadi. Sistemali-ekologik yondoshuv tashkilotlarning ijtimoiy ta’minot va aholini qo`llab quvvatlash sistemasida olib boradigan ishlarida yanada yaqqolroq namoyon bo`ladi.
Ijtimoiy ish amaliyotidagi ekotizimli model. Aytish joizki, bu modellar ijtimoiy ishchilarga odamlarni ularni o`rab turgan atrof muhit bilan bog`liqligini tushunish va baholash usulini taklif etadigan metanazariyalarga ta’luqli model hisoblanadi. Ularni yuqorida ko`rib chiqilgan muammolarni aniqlash va ularni yechimini aniq taqdim etadigan nazariya deb aytib bo`lmaydi. Ijtimoiy ishchilar oila, muassasa, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faktorlar mijoz holatiga ta’sir ko`rsatishini jamlashi mumkin. Bu nazariyalarning prinsplari: barcha sistemalar muvozanatda bo`lishi kerak, chegaralangan, subsistemalardan tashkil topgan, umumiysi barcha qismlarnig summasidan ham kattaroq bo`lishi, barcha sistemalar qaytar bog`liqlikka ega bo`lishi kerak. Modellar barcha odamlar ko`pgina sistemalarni qismi sifatida faoliyat yuritadi – ular sistemalar ta’siri ostida bo`ladi va ularga ta’sir ko`rsatadi. Bir sistemaning o`zgarishi boshqasini ham o`zgarishga uchrashiga olib keladi, ijtimoiy ishchining roli – sistemalar va odamlar orasidagi bog`liqlikni yaxshilash imkonini taxmin qiladi.
Tizimli aralashuvning prinsplari: sherikchilik, ijtimoiy ishchi o`zgarishlarga imkon yaratadi, ammo o`zgarishlarni qo`llab quvvatlaydigan sistemaning bilimdoni hisoblanmaydi, bebaho, parvarishlangan va ijtimoiy bog`liqlikni tan olish.
Ish bosqichlari:

  1. Tizimli tahlil – ko`p sonli sistemalarni tan olish, har bir sistema boshqasi bilan ta’sirlashib turadi

  2. Aralashuv – ijtimoiy ishchi mijoz holatiga ta’sir ko`rsatadigan turli sistemalardagio`zgarishlar uchun imkoniyatlar va chegirmalar haqida strategik fikrlay olishi kerak, har bir sistemaga aralashuv imkoniyat darajasini tushunib yetishi kerak.

Ekologik model yashovchanlik modelini yaxshilashga harakat qiladi, bunday yaxshilanishga faqatgina individ doirasini ehtiyojini qondirish orqali erishish mumkin. Ekologik modelda asosiy urg`u odamlar boshqa k`pgina sistemalar bilan ta’sirlashuvini ko`rsatadigan muhitdagi odam formulasiga beriladi. Bu konsepsiya yordamida, ijtimoiy ish uchta alohida sohalarga yo`naltirilishi mumkin. Birinchidan, odamga, uning muammolarini yechimini rivojlantirishga intilish, qiyinchiliklarni yengib o`tish va rivojlanish imkoniyatlariga e’tibor qaratish. Ikkinchidan, ta’sirlashivchi odam va sistema orasidagi munosabat, kerakli resurslar, xizmatlar va imkoniyatlar bilan odamning bog`liqligiga urg`u berish. Uchinchidan, odam ehtiyojini qondirish uchun sistemani samaraliroq reformlashga intilish.
Ekologik model bir hayotiy bosqichdan ikkinchisiga o`tgan davrda o`zgaruvchan muammolar va ehtiyojlarga ega bo`lgan odamlar, oilalar, kichik guruhlarga qaratilgan.


1Ганиева М.Х. Введение в социальную работу. – Ташкент, 2010.

2Gunn Strand, Hutchinson SivOltedal. Five Theories in Social Work. Oslo: Universitetsforlaget Universiteteti Nordland, 2014. – Р. 119.www.uin.no

3Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Р.48.

4Ромм М. В., Ромм Т. А. Теория социальной работы. — Новосибирск, 1999; Социальная работа: Учеб. пособие/ Под общей ред. В. И. Курбатова – Ростов н/Д: Феникс, 2003; Ганиева М.Х. Введение в социальную работу. – Ташкент, 2010.

5Gunn Strand, HutchinsonSivOltedal. Five Theories in Social Work. Oslo: Universitetsforlaget Universiteteti Nordland, 2014. – Р. 119.www.uin.no


6Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Р.48.

7William H. Masters and Virginia E. Johnson, Human Sexual Inadequacy (Boston: Little, Brown, 1970).

8D. D. Jackson, “The Study of the Family,” Family Process, 4 (1965), pp. 1–20.

9Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Р.49.



Download 36.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling