Ijtimoiy ish va siyosat


Ijtimoiy xizmat ko’rsatish turlari


Download 0.54 Mb.
bet7/8
Sana25.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1118821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekistoda ijtimoiy siyosat olib borish muammo va istiqbollari (Toshkent shaxri, Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar misolida).

Ijtimoiy xizmat ko’rsatish turlari:

  • moddiy yordam: pul mablag’lari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, sanitariya va gigiena vositalari, bolalarga qarash predmetlari, kiyim-kechak, poyafzal, kundalik zaruriy predmetlar; nogironlikning oldini olish, nogironlar va tashqaridan qarovga muhtoj shaxslarni reabilitatsiya qilish uchun zarur bo’lgan maxsus naqliyot va texnika vositalari;
  • doimiy nostatsionar xizmat ko’rsatishga muhtoj bo’lgan fuqarolar va oilalarga ijtimoiy vosiylik: ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko’rinishidagi yordam, tibbiy yoki boshqa ko’mak olishga yordamlashish, bolalarga qarash bo’yicha xizmat ko’rsatish;
  • o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish layoqatini qisman yoki to’laligicha yo’qotgan va o’zgalarning doimiy qaroviga muhtoj kishilarga statsionar xizmat: hayot faoliyati uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, tibbiy, psixologik, ijtimoiy xarakterdagi tadbirlar o’tkazish, oziq-ovqat, qarov bilan ta`minlash, imkoniyati darajasida mehnat faoliyati, dam olish, hordiqni tashkil etish;

Ijtimoiy xizmatlar - ijtimoiy xizmat mijozlariga ijtimoiy xizmat ko’rsatish turlariga mos ravishda yordam ko’rsatish bo’yicha hatti-harakatlar. Xizmatlar pulli yoki bepul bo’lishi mumkin. Bepul xizmatlar quyidagilarga ko’rsatiladi:

  • Ijtimoiy xizmatlar - ijtimoiy xizmat mijozlariga ijtimoiy xizmat ko’rsatish turlariga mos ravishda yordam ko’rsatish bo’yicha hatti-harakatlar. Xizmatlar pulli yoki bepul bo’lishi mumkin. Bepul xizmatlar quyidagilarga ko’rsatiladi:
  • yoshi, xastaligi, nogironligi tufayli o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish layoqati bo’lmagan fuqarolarga va daromadlari to’rt minimal ish haqidan past bo’lgan shaxslarga;
  • ishsizlik, tabiiy ofatlar, falokatlar, avariyalar, majburiy migratsiyalar tufayli favqulodda hayot vaziyatiga tushib qolgan fuqarolarga;
  • balog’atga etmagan etim va qarovsiz bolalarga;
  • har bir a`zosiga olinadigan o’rtacha daromad to’rt minimal ish haqidan past bo’lgan oilalarga.
  • RF sub`ektlari davlat hokimiyati va o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan bepul xizmat ko’rsatish uchun qo’shimcha asoslar belgilanishi mumkin. Davlat va munitsipal ijtimoiy xizmatlarida pulli ijtimoiy xizmat ko’rsatish qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda, xususiy va boshqa xizmatlarda mustaqil yoki o’zaro kelishilgan asosda ko’rsatiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling