Ijtimoiy ishni o’rganishda turli XIL nazariyalar reja: Ijtimoiy ishda turli nazariyalarning yuzaga kelish omillari va ehtiyojlari


Ijtimoiy ishda ehtiyojlar nazariyasi


Download 200.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.01.2023
Hajmi200.14 Kb.
#1091319
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Seminar uchun

Ijtimoiy ishda ehtiyojlar nazariyasi 
Inson xulq-atvoriga nima turtki bo’ladi? Maslouning ehtiyojlar piramidasi motivatsiya 
mavzusidagi eng mashxur nazariyalardan biri hisoblanadi. Gumanistik psixolog 
Abraham Maslouning fikricha, bizning xatti-harakatlarimiz ma’lum bir ehtiyojlarni 
qondirishga yo’nalgan. 
Maslouning ehtiyojlar piramidasi 
Maslou o’zining ehtiyojlar piramidasi nazariyasini ilk bor 1943-yilda chop 
etilgan “Shaxs motivatsiyasi nazariyasi” nomli maqolasida va undan keyin nashr 
etilgan Motivatsiya va Shaxsiyat asarida keltiradi. A. Maslou nazariyasi bo’yicha, 
inson, eng avvalo o’zining birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qiladi. 
Birinchi darajali ehtiyojlar qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin 
ahamiyat kasb etib boradi. 
Gumanistik yondashuv tarafdori bo’lgan Maslou hayotda o’z o’rnini topish istagi, ya’ni 
hayotda nimalarga erishishi mumkin bo’lsa, shularga erishishga bo’lgan xohish-istak 
insonda tabiatan mavjud ekanligiga ishonar edi. Birlamchi ehtiyojlar, ya’ni oziq-
ovqatga, xavfsizlikka, mehr-muhabbat va boshqalar tomonidan tan olinishga bo’lgan 
ehtiyoj qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab 
harakat qilishga majbur qiladi. 
Maslouning ehtiyojlar piramidasi 5 bosqichdan iborat. 
Ehtiyojlarga birma-bir tavsif 
Maslou ierarxiyasi ko’pincha piramida ko’rinishida tasvirlanadi. Piramidaning eng quyi 
qismi bazis ehtiyojlarni tashkil etsa, eng murakkab turdagi ehtiyojlar piramidaning 
yuqori qismida joylashgan. 
Eng muhim fiziologik ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqatga, suvga, kiyim-kechakka, uy-joyga, 
uyquga bo’lgan ehtiyoj piramidaning quyi qismidan o’rin olgan. 
Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi 
ehtiyojlarga, xususan xavsizlik va himoyaga bo’lgan ehtiyojga qarab harakat qilishga 
majbur qiladi. 
Mehr-muhabbat, do’stlik va yaqinlikka bo’lgan ehtiyoj ham birlamchi bosqichdagi 
ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Ular sotsial xarakterdagi ehtiyojlar 
sirasiga kiradi. 


Ehtiyojlar piramidasining yuqoriroq bo’g’inida hurmatga bo’lgan ehtiyoj yotadi. Bu 
ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo’lgan ehtiyoj, ya’ni mavqe, 
nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat demakdir. 
Karl Rojers kabi Maslou ham insonning hayotda o’z o’rnini topishi masalasiga alohida 
urg’u bergan, bu jarayon o’z yashirin imkoniyatlari haqiqatga aylanishi uchun uning 
shaxs sifatida o’sishi va rivojlanishidan iborat. 

Download 200.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling