Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Download 429.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana07.04.2023
Hajmi429.69 Kb.
#1339051
TuriReferat
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
44017 (1)

 
9-jadval 
O’zbekistonda akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari 
 
Ko’rsatkich 
2005 
2006 
2007 
2008 
2009 
Akstiyadorlik jamiyatlari 
soni 
2114 
2017 
1925 
1826 
1619 
Akstiyadorlik 
jamiyatlarining umumiy 
ustav fondi, mlrd. so’m 
2787,3 
2996,4 
3255,8 
4545,6 
5805,1 
 
Prezidentimiz hozirgi vaqtda yana bir muhim masala 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda xususiy tadbirkorlikning roli va 
ulushini yanada kengaytirishni ta’minlay oladigan qonunlarni qabul qilish 
masalasi dolzarb bo’lib qolayotganligini ko’rsatib o’tdi. To’g`ri, mamlakatimizda 
mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 
bo’lgan alohida e’tibor o’z natijalarini ko’rsatdi. Ma’lumki, kichik biznesning 
ixchamligi, harakatchanligi, iqtisodiy manfaatlarni nis
batan to’laroq namoyon eta 
olishi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlariga tez moslasha olishi kabi xususiyatlari 
uning iqtisodiyotni tubdan o’zgartirishda eng samarali va qulay vositalardan biriga 
aylantirdi. Mazkur soha taraqqiyoti uchun alohida shart-sharoitlarning yaratilishi, 
soliq, bojxona va boshqa to’lov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit 
resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes 
korxonalarining soni ahamiyatli darajada oshib bordi. Statistik ma’lumotlarga 
ko’ra, 1992 yilda ro’yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni atigi 16,5 
mingtani tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilning 1 yanvar holatiga bu ko’rsatkich 


41 
(fermer xo’jaliklaridan tashqari) 224,2 mingtaga etdi, ya’ni deyarli 14 baravar 
o’sdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes sub’ektlarining 
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2009 yilda 50,1 foizga etdi. Holbuki, bu 
ko’rsatkich mustaqillikning dastlabki yillarida 1,5 foizni, 2000 yilda esa 31 foizni 
tashkil etgan edi (10
­rasm). 

Download 429.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling